Yaxshiboyeva Mastura
Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin,
Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin.
Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yoqsin-
Mulki Turon najotlari, ilm istang
Namuratova Dilnoza
Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
Ustozlar she’rni yakunlaganidan so’ng sahnaga ikki boshlovchi chiqadi.
Boshlovchilar tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlab, tadbirni
boshlaydi.
2-boshlovchi:_Anvarova_Gavhar.'>1-boshlovchi: Raxmatullayev Bekzod.
Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar, she’riyatga oshno qalblar!
2-boshlovchi: Anvarova Gavhar.
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar!
1-boshlovchi:
Bugungi tadbirimiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan,
loaqal u yozgan she’rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi:
Zabardast shoirimiz hayot bo`lganlarida hozir 69 yoshni qarshilagan
bo`lar edi, afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda
yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she’riyat bor.
1-boshlovchi:
Bu she’riyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdan chinakam, betakror
ijodiy meros qoldi. Haqiqiy ma’nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf
ijodiga ta’luqli desak xato qilmaymiz.
2-boshlovchi:
Bugungi tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini mamnuniyat
bilan markazimiz direktori
O’roqov Iftixor Boymirzayevichga
beramiz.
Marhamat USTOZ…!
Direktor so’zi………..
1-boshlovchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |