7- amaliy mashgulot asosiy vositalar hisobi mavzuning maqsadi


Download 64.45 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi64.45 Kb.
#1570711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-амалий маш


7- amaliy mashgulot ASOSIY VOSITALAR HISOBI


Mavzuning maqsadi: asosiy vositalarning hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy vositalar harakatida yurtiladigan dastabki va yig‘ma hujjatlarning ishlatilishi, asosiy vositalarining balansga kirimi va balansdan chiqimi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari, asosiy vosita schotlarining yuritish tartibi hamda hujjatlashtirish jarayoni haqida tasavvur, bilim va malakani shakllantirish


Tayanch tushunchalar va iboralar:


Asosiy vositalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan mehnat vositalari (bino, inshoot, mashina, inventar va h.k). Asosiy vositalarning hisobi 5-son BHMS «Asosiy vositalar» bilan tartibga solinadi
Asosiy vositalar amortizatsiyasining normasi – yillik amortizatsiya summasining asosiy vositalar dastlabki qiymatiga foiz nisbati. 2008 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kirgan Soliq kodeksining 144-moddasida soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyasining eng yuqori normalari asosiy vositalarning guruhlari bo‘yicha berilgan
Asosiy vositalarning balans qiymati – buxgalteriya balansida aks ettiriladigan asosiy vositalar (fondlar)ning qiymati. Asosiy vosytalarning balans qiymati — bu fondlarni qaytadan baholash ma’lumotlari bo‘yicha ularning qiymati yoki qaytadan baholanmagan ob’ektlarning dastlabki qiymati
Asosiy vositalarning eskirishi – ishlab chiqarish jarayonida eskirishi (jismoniy eskirishi) yoki mehnat unumdorligi o‘sgan sharoitlarda mashinalarning texnik eskirishi va ularni ishlab chiqarish qiymatining pasayishi (ma’naviy eskirishi) natijasida asosiy vositalar dastlabki qiymatining kamayishi
Amortizatsiya – ob’ektning asta-sekin eskirishi va uning qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki foydalanilishiga qarab boshqa xarajatlarga o‘tkazish. Boshqa ma’noda amortizatsiya bu: mulk qiymatining kamayishi; har zamonda to‘lash yo‘li bilan qarzning asta-sekin kamayishi; avtomobil harakati, samolyotlarni qo‘ndirishdagi silkinishlarni so‘ndirish va h.k

Download 64.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling