7- amaliy mashgulot asosiy vositalar hisobi mavzuning maqsadi


Amortizatsiya ajratmalari


Download 64.45 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi64.45 Kb.
#1570711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-амалий маш

Amortizatsiya ajratmalari – belgilangan normalar bo‘yicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblanadigan amortizatsiya
Foydali xizmat muddati – korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan foyda olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar miqdori
Boshlang‘ich qiymat – to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati
Joriy qiymat – ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa
Qoldiq (balanC) qiymat – jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati
Tugatish qiymati – asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi
Inventar kartochkalar – asosiy vositalarni ob’ektlar bo‘yicha hisobga olish uchun tayinlangan namunali shakldagi hisob registrlari. Inventar kartochkalar asosiy vositalar xo‘jalikka tushgan vaqtda har bir ob’ektga to‘ldiriladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
bir yildan ortiq xizmat qilish muddati, bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
Maxsus asboblar va moslamalar, maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar, ko‘rpa-to‘shak anjomlari, yozuv-chizuv anjomlari, oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar, tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar, kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar, ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar)

Download 64.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling