7- amaliy mashgulot asosiy vositalar hisobi mavzuning maqsadi


Kamayib boruvchi qoldiq usul


Download 64.45 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi64.45 Kb.
#1570711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-амалий маш

3. Kamayib boruvchi qoldiq usul:
Bu usul kumulyativ usul printsipiga asoslangan. Ushbu usulda istalgan qat’iy stavka (%) qo‘llanilishi mumkin. Ko‘p hollarda normal bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usulda qo‘llaniladigan amortizatsiya normasining ikkiga ko‘paytirilgani olinadi. Agar asosiy vositaning xizmat muddati 5 yil deb qabul qilingan bo‘lsa amortizatsiya normasi 20% deb qabul qilinadi. Demak, kamaiyb boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha ikkiga ko‘paytirilgan amortizatsiya normasi 40% (20%*2)ga teng bo‘ladi.
Ushbu qat’iy belgilangan stavka (40%) bo‘yicha har yil oxirida amortizatsiyalanmay qolgan (qoldiq) qiymatga nisbatan amortizatsiya hisoblab boriladi.


4. Asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘inisi bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyatiB) usul:
Ushbu usul asosiy vositaning foydali xizmat qiladigan muddati davomida yillar soni yig‘indisi asosida aniqlanib, ushbu yig‘inidi hisob-kitob koeffitsientida maxraj bo‘lib xizmat qiladi. Bu koeffitsientning suratida foydali xizmat muddati teskari tartibda joylashtiriladi. Masalan avtomobilning xizmat muddati 5 yil. Xizmat yillari yig‘indisi (kumulyativ son) 15 (1+2+3+4+5=15)ga teng. So‘ngra har bir kasr amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirilib, har yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi
Yer uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi asosiy vositalarga ham hisoblanmaydi:
- mahsuldor qoramollar;
- kutubxona fondlari;
- hokimiyatlarga bo‘ysunadigan obodonlashtirish inshootlari;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan fondlar;
- muzey qimmatliklari;
- arxitektura va san’at yodgorliklari;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
- to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar
Asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi
Joriy ta’mirlash – asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir

Download 64.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling