Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
- kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
- oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;
- ustav xususiy kapitalsiga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushish;
- tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
- ayirboshlash;
- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;
- uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;
- qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;
- asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash.
№ 5-sonli «Asosiy vositalar» nomli BHMSning 23-34-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi:
bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli;
bajariladigan ishlar hajmiga mutonosib (ishlab chiqarish) usuli;
Kamayib boruvchi qoldiq usuli;
asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘inisi bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyatiB) usuli.
1. Bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usul:
Dastlabki qiymati - qoldiq qiymati
|
=
|
Xizmat muddati
|
2. Bajariladigan ishlar hajmiga mutonosib ravishda amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish) usul:
Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiya hisoblash faqat asosiy vositadan foydalanish natijasiga asoslanadi, uni hisoblash jarayonida vaqt oralig‘i rol o‘ynamaydi. Masalan avtomobilning xizmat muddati davomida, uning texnik tavsifiga muvofiq bosib o‘tiladigan yo‘li X km ga mo‘ljallangan. 1 km ga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |