9.4.- mashq. Asosiy vositalarni qayta baholash va hisobdan chiqarish bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini hisobga olish
1.1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi to‘g‘risida dastlabki ma’lumot.
Asosiy vositalar 156000 ming so‘m, asosiy vositalarning eskirishi 62430 ming so‘m, xom-ashyo va materiallar 24300 ming so‘m, yoqilg‘i 11150 ming so‘m, asosiy ishlab chiqarish schoti 34560 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 12600 ming so‘m, xaridor va buyurtmachilardan olinadigan pul mablag‘lari schoti 45000 ming so‘m, kassadagi pul mablag‘lari 1500 ming so‘m, hisob-kitob schotida 285000 ming so‘m, mol yetkazib beuvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar 85000 ming so‘m, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 6720 ming so‘m, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar 3440 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan xisoblashishlar 16500 ming so‘m, uzoq muddatli bank krediti 275000 ming so‘m, ustav kapitali 190000 ming so‘m, rezerv kapitali 31020 ming so‘mni tashkil qiladi.
1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasi
1. Xo‘jalikda dastlabki qiymati 65000 ming so‘m bo‘lgan yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasini hisobdan chiqarildi. Yuk mashinasi uchun hisoblangan eskirish qiymati 36000 ming so‘mni tashkil qildi. Hisobdan chiqarilayotgan yuk mashinasidan 3685 kg metallom olindi va shu kunning o‘zida metallom zavodiga topshirildi. Bir kg metallomning qiymati 1850 so‘mni tashkil qiladi.
2. Xo‘jalikda dastlabki qiymati 28500 ming so‘m bo‘lgan issiqxona hisobdan chiqarildi. Issiqxona uchun hisoblangan eskirish qiymati 16235 ming so‘mni tashkil qildi. Hisobdan chiqarilayotgan issiqxonani buzish ishlarida fermer xo‘jaligi ishchilari ishladi va ularga 1800 ming so‘m ish haqi hisoblandi.
3. Xo‘jalik «Keys» rusumli traktoriga ta’mirlash ishlarini o‘tkazdi. Traktorga 16400 ming so‘mlik so‘mlik ehtiyot qism lozim edi va shu sababli, «Namuna» MChJdan ehtiyot qism sotib oldi. Sotib olingan ehtiyot qism traktorga o‘rnatildi va shuningdek, matorini ham to‘liq ta’mirdan o‘tkazdi. Traktorni ta’mirlash uchun Qibray MTP xizmatidan foydalanildi hamda MTPga 3500 ming so‘m to‘lab berdi. Ta’mirlash uchun qilingan barcha xarajatlar «Kapital ta’mir» deb tan olindi.
4. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining asosiy vositalari qayta baholandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |