7 – mavzu: sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari zararkunandalarining biologiyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#192783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu.Zarark.biolog

Kurash choralari. 1. Boshqa oilaga mansub ekinlar bilan almashlab ekish, kuzda o‘simlik

qoldiqlarini kuydirib tashlab shudgorlash. 2. Zararkunanda qiyg’os tuxum qo’yib lichinkalar

chiqa boshlagan davrda piretroid insektitsidlar bilan ishlov o’tkazish yaxshi natijalar beradi.

Bunda


o‘simliklar o’rgimchakkana bilan kam zararlangan bo’lsa biror insektisid-akaritsid

(siperfos, karate, talstar) qo’llaniladi.




Qovun pashshasi Carpomya pardalina Bigot. Ikki

qanotlilar (Diptera) turkumi, chipor

qanotlilar

(Tephritidae [Trypetidae]) oilasiga mansub. Asosiy sinonimlari: Myiopardalis pardalina Bezzi, Carpomyia caucasica

Zaitzev. Carpomya pardalina turini 1891 yili fransuz olimi Bigo (Bigot) Belujistonda (Pokieton va Erondagi tarixiy

ulka)


to’plangan xasharot asosida topib nomlagan. Ayni turni Bessi (Bezzi, 1910) Myiopardalis avlodiga

Myiopardalis pardalina nomi bilan o’tkazganOzarbayjonda topilgan bu xasharotni Zaysev (1919) yangi tur deb

xisoblab, unga Carpomyia caucasica nomini bergan. Bu xasharot garbiy adabiyotda «Belujiston qovun pashshasi»

yoki «Rus qovun pashshasi» nomlari ostida yuritiladi. Qovun pashshasining morfologiyasi va anatomiyasi Zaysev

(1919, 1947) va Kandibina (1965, 1977) tomonidan o’rganilgan, yurtimizda esa xasharotning biologiyasi, rivojlanish

doirasi va epidemiologiyasi Toshkent xamda Qorakalpog’iston Respublikasi olimlari tomonidan o’rganilmoqda

(Xasanov, 2006).



Tarqalishi. Vatani noma’lum, ammo Belujiston bo‘linishi taxmin qilinadi. Osiyo - Afg’oniston, Iroq, Isroil, Levan,

Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Suriya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston,

O‘zbekiston, Xindiston, Eron.

Afg’onistonda Xirotda qovun pashshasi 1990 yillardan beri ma’lum, ammo u faqat keyingi yillarda keng tarqala

boshladi: 2002 yili Faryobda (xozir Juzjan), Balx, Samangan,

Bog’lon va Qunduzda tarqalgan. Winrock Int.



Volunteer Tech. Assistance

tashkiloti bilan birgalikda xarakat qilayotgan Turkmanistonning saxro florasi va faunasi

instituta ma’lumotlariga ko‘ra qovun pashshasi bu mamlakatda 1996 yildan boshlab dastlab Axal va Mari viloyatlari,

so’ngra Lebap va Toshxovuz viloyatlariga o’tib, qovunga katta zarar yegkazgan. Xosil olish mumkin bulmay

qolganligi sababli, dexqonlar qovun ekmay qo’yishgan. Keyinchalik pashsha Turkmanistondan qo’shni davlatlarga,

jumladan


O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston xududlariga tarqalgan.

O‘zbekistonda Qoraqolpog’iston Respublikasida va Xorazm viloyatida tarqalgan. Ushbu

mintaqada birinchi

marta 2001 yili topilgan, 2002 yildan boshlab keng

tarqalgan.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida xozircha

qayd etilmagan.




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling