7 – mavzu: sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari zararkunandalarining biologiyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Mavzu.Zarark.biolog
Kolorado
qo‘ng‘izi - Leptinotarsa decemlineata Say. Qo’ngizlar - Coleoptera turkumiga, barg kemiruvchilar Chrysomelidae oilasiga mansub. Tarqalishi. Osiyoda Turkiyada; Amerika qit’asida AQSH, Kanada, Meksika va Gvatemalada; Yevropaning barcha mamlakatlarida hamda O’rta Osiyoda tarqalgan. Bu zararkunanda birinchi bor AQSH ning Kolorado shtatida 1859 yili anidlangan. Yevropaga Kolorado qo‘ng‘izi bir necha bor kartoshka madsuloti bilan uttan, ammo birinchi jadon urushining oxirlaridagina Fransiyaning Bordo tumani atrofida mustaxkam o’rnashib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yerdan boshlab xar yili 150-400 km ga Yevropa mamlakatlari sari siljib, keng yoyilib ketgan. Ukrainada Kolorado qo’ng’izining uyasi birinchi bor 1949 yili Lvov viloyatida aniqlangan. Garchi karantin xizmati tomonidan o’z vaqtida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida zararkunandaning Rossiya bo’ylab tezda keng tarqalishiga yo‘l
qo’yilmagan bo’lsada, keyinchalik bu hasharot tarqalgan chegara ancha kengayib, U ral tog‘laridan xam o’tib ketgan (Lebedev, Smetnik, 1983). O‘zbekistonda Kolorado qo’ng’izi birinchi bor 1974 yili Toshkent viloyatining « Chorvoq» va «Bo’stonliq” xo‘jaliklarida aniqlangan. Bu yerga zararkunanda Belorussiyadan keltirilgan kartoshka urug’’i bilan olib kelingan edi. Faqat
O’zdavkarantin xodimlarining tuman mutaxassislari bilan xamkorlikda o’z vaqtida amalga oshirilgan uyg‘unlashgan tadbirlarigina keyingina bu uyalarni bartaraf etishga imkon berdi. Kolorado qo‘ng‘izi O’zbekiston sharoitida yana uyalar vujudga keltirishga muvaffaq bo’ladi. Shunday uyalarga ilk bor Farg’ona viloyatining Sox tumani xo‘jaliklari; Toshkent viloyatida Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlaridagi ayrim xo‘jaliklarni kiritish mumkin. Shunday qilib, Kolorado qo‘ng‘izi mamlakatimizda tashqi karantin ob’ektidan ichki karantin ob’ektiga aylandi.
bo’rtgan tanaga ega bo‘lgan qo‘ng‘izining uzunligi 9-12 mm keladi. Old yelkasi va ust qanotlari sarg’ish yoki sarg’ish- qizil. Old yelkasida 12-14 ta qora dog’lari bor. o‘rtadagi dog’lari Yirik bo‘lib «U» belgisini eslatadi. xar bir ustki qanotida 5 tadan qora chiziq xari mavjud, yaxshi uchadi. Tuxumining uzunligi 1,2-1,8 mm bo‘lib cho’ziq-oval, yaltiroq, oldin sariq, so’ngra tuk sariq tusda. Lichinkasining uzunligi 15-16 mm, bo’rtgan shaklda, tuk sariq- qizil. Tanasi- ning o‘rta qismi old tomonidan keng, orqa qismi uchlilangan (60-rasm). Old yelkasida ko‘ndalangiga joylashgan qora dog’i bor, yonida esa ikki qator segment nuqtalari mavjud. Tumbagi ochiq tipda, uzunligi 10-12 mm, rangi tuk yearivdan qizg’ishgacha.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling