qarshi ko‘rash tizimi ifodalangan.
Pomidor zang kanasi -
Aculops licopersici Massee. Kanalar
(Acariformes) turkumining to’rt
oyoqdi kanalar (Tetraphodili) tungich oilasiga, Eriophyidae oilasiga mansub- dir. Kanalarning
keng tarqalgan turi. Ular asosan pomidor ko’chati bilan tarqalishi mumkin. qisqa masofalarga
ucha- digan turli hasharotlarning va kushlarning tanasiga yopishib tarqaladi. 1980 yillargacha
O‘zbekistonda bu kananing zarari sezilmasdi. 1990 yillarga kelib ushbu zararkunandaning
respublikamizda
tarqalgan areali deyarli barcha viloyatlarni o’z ichiga oldi. Turkmanistonda
xam bu zararkunanda kuchli
tarqalgan. Pomidor zang kanasi xozirgi kunda pomidor va
kartoshkaning eng asosiy zararkunandalaridan biriga aylangan.
Ta’rifi. Pomidor zang kanasi juda mayda, oddiy ko’z bilan
ko’rib
bo’lmaydigan
bo‘g‘imoyoqli jonivor bo‘lib, nimfasi 100 mk (mikron), yetuk zoti esa - 135-160 mk keladi
(Mamatov, 1993). Rangi tiniqdan sarg’ishgacha. Tanasi cho’ziq, silindrsimon, orqa uchi torayib
tukchalar bilan yakunlangan, 2 juft oyoqlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: