7- tajriba Mavzu: Texnologik jarayonlarda ijro mexanizmlarini o’rnatish va sozlash Ijro etuvchi qurilmalar
Download 155.34 Kb.
|
7- tariba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar
2.12-rasm. Elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizm.
a) umumiy kurinishi; b) elektrik sxemasi. Ijro etuvchi mexanizm flansli elektrodvigatel’ 3, chervyakli reduktor 2, elektromagnitli tormoz 4, o’chirgichli korpus 5, reduktorni chiqish vali, rostlovchi organ 1 bilan bog’langan. Elektrodvigatelni ishga tushirib rostlash organini ochish va yopish amalga oshiriladi. Elektrodvigatelni ishga tushirish esa, rostlagich relelarini 1RB va 2RB kontaktlari orqali olib boriladi. Agar 1RB kontakt yopilsa, reversiv magnit qo’shgichni V cho’lg’ami orqali tok oqadi. Natijada magnit qo’shgichning asosiy kontaktlari VO elektrodvigatel 2D ni manbaga ulaydi. Magnitli qo’shgichni blok-kontakti V1 rostlagichni 1RB kontaktini uzadi, lekin zanjirda tok qoladi. Elektrodvigatel’ rostlash organini chetki holatiga etganda, KAO o’chirgich kontakni 1 holatdan 2 holatga o’tkazadi, natijada magnitli qo’shgichda tok o’tishi to’xtaydi. Bu erda asosan kontaktlar VO ajraladi, dvigatel to’xtaydi, signal lampalari LO yonib, rostlash organini to’liq ochiqligi to’g’risida xabar beradi. Rostlagichning 2RB kontakti qo’shilishi bilan reversiv magnit qo’shgichni N cho’lg’amida tok oqadi, NO va N3 asosiy kontaktlari qo’shiladi va elektrodvigatelning rotori teskari tomonga aylanib, rostlash organi yopila boshlaydi. Rostlash organi to’liq yopilsa KV3 o’chirgichning kontakti 1-holatdan 2-holatga o’tib, magnitli qo’shgichning cho’lg’ami ajratiladi va dvigatel’ to’xtaydi. Lampa L3 ning yonishida rostlash organini to’liq yopiq holatidan darak beradi. Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar pnevmatik rostlagichlar bilan birga ishlab, membranali va porshenli turlariga bo’linadi. Membranali ijro etuvchi mexanizm - bu membranali bo’shliqdagi ishchi muhitning bosimi ko’chirma kuchni bir tomonga yo’naltiradigan ijro etuvchi mexanizmdir. 2.13-rasmda bevosita harakatli memrana - prujanali ijro etuvchi mexanizmni prinsipial sxemasi ko’rsatilgan. Download 155.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling