2.14-rasm. Gidravlik ijro etuvchi mexnaizmning prinsipial sxemasi.
Silindr 1 ning ichida porshen’ 2 harakatlanadi. Porshenni to’g’ri harakati shatun 3 va krivoship 6 orqali val 5 ni aylanma harakatiga aylantiradi. Val 5 ni oxiriga disk o’rnatilgan, diskga esa boltlar orqali richag 7 qotirilgan. Diskda bir nechta teshikchalar richagni xohlagan holatga quyish va rostlash organi bilan bog’lash uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi mexanizmning bo’shlig’iga shtuser 8 orqali havo beriladi. Probka 4 havoni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Mexanizm 9 plita orqali qotiriladi. Porshenning ikki tomonida bosimlar farqi kuch hosil qilib, uni harakatlantiradi, natijada richag 7 aylanib rostlash organini xarakatlantiradi.
Rostlovchi organlar.
Rostlovchi organ - bajaruvchi organ hisoblanib, ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazish qobiliyatining o’zgarishi orqali ta’sir qiladi. U ikki qismdan tuzilgan:
Zatvor - rostlash organining qo’zg’aluvchi qismi bo’lib, uning harakati orqali rostlash organining o’tkazish yuzasi o’zgartiriladi.
o’rindiq - rostlash organining qo’zg’almas qismi bo’lib, zatvor bilan birgalikda o’tish yuzasini hosil qiladi.
Uzlukli va uzluksiz rostlash uchun asosan quyidagi rostlovchi organlar ishlatiladi:
1. Bir o’rindiqli rostlovchi organ (2.15-rasm) - o’tish xususiyatining o’zgarishi zatvor o’rindiq korpusini o’qi bo’yicha ilgarilanma harakati natijasida hosil bo’ladi. Bu rostlovchi organlar yopik holatida oqimni to’liq yopadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |