№7-8-Laboratoriya ishi Mavzu: Triggerlarni loyihalashtirish va turli ish tartiblarida tadqiqot qilish


Download 371.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi371.8 Kb.
#1563934
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-8 ish

Asinxron RS-trigger. Agar BYA boshqaruv zanjirlari bilan to'ldirilsa, u holda unga 1 
bit ma'lumotni yozish va saqlash mumkin bo'lgan trigger qurilmasi hosil bo'ladi. 
Alohida boshqaruv kirislilariga ega bo'lgan simmetrik trigger sxemasi 4-rasmda 
keltirilgan. 
Trigger hosil qilish uchun BYA sxemasi VT3 va VT4 tranzistorlarda bajarilgan yana ikkita 
tranzistorli kalit bilan to'ldirilgan. 
Trigger invers ma'lumot kirishlariga ega bo'lgan ikkita YOKI- EMAS ME (4, b-rasm),
yoki HAM-EMAS ME (4, d-rasm) yordamida tuzilishi mumkin. 
Trigger boshqaruv signallari beriladigan ikkita va ma'lumot kirishlariga, ikkita
va chiqishlarga ega. Triggerning boshqaruv va chiqish signallari – invers. Elektr impulsi 
deb, kuchlanish yoki tokni ma'lum doimiy qiymatga ega energiyadan uzish holatiga 
aytilishini eslatib o'tamiz. Impulsning ba'zi ideallashgan shakllari 5- rasmda keltirilgan.
Bu yerda: ab — front; be — cho'qqi; cd— kesish; de — impuls dumi deb ataladi.


RS-trigger ishini tahlil qilamiz. Shuni aytib o'tish joizki, bu sxemaning ikkala kirishiga 
bir vaqtning o'zida ochilish impulsi (mantiqiy) kelishi mumkin emas. 
4-rasm. RS-triggerning prinsipial sxemasi (a), uning funksional sxemasi (b,d) va shartli 
belgisi (e). 
Haqiqatan ham, bu vaqtda ikkala VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, kirish signallari 
tugagach, ularning ikkalasi ochiladi, ya'ni BYA vaqtincha simmetrik holatda bo'ladi. BYA 
bu holatdan teng ehtimollik bilan Q= 1, =0yoki Q = 0, Q = 1 holatlardan biriga o'tishi 
mumkin. Ya'ni ma'lumotni yozish imkoni bo'lmaydi. Shuning uchun RS-trigger alohida 
(mustaqil) statik kirishlar rejimida ishlaydi. 
5-rasm. Impulsning ba’zi ideallashgan shakllari. 
Boshqaruv (ma'lumot) kirishlarining mazmuni quyidagicha:
S(set–o'rnatish) – triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o'rnatish uchun (Q=1, 
 = 0) va 
(reset –olib tashlash) – triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o'rnatish uchun (Q= 0, 
 = 1). 


Har bir kirishga past darajali (mantiqiy 0) signal berish mumkinligi tufayli, kirishlarda 
boshqaruv signallarining to'rtta kombinatsiyasi ishlaydi. Ular RS-triggerning holatlar jadvalining 
R va S ustunlarida keltirilgan (1-jadval). 
Kirish signallarining mumkin bo'lgan to'rtta kombinatsiyasida trigger qanday holatlarda 
bo'lishini ko'rib chiqamiz. 

Download 371.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling