7-amaliy mashg’ulot. Yo‘l poyini o‘ymada qurish va o‘yma gruntlaridan yo‘l poyi ko‘tarmasini ko‘tarish texnologik jarayonlari hisobi. Ishning mаqsаdi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1381969
  1   2


7-amaliy mashg’ulot. 
Yo‘l poyini o‘ymada qurish va o‘yma gruntlaridan yo‘l poyi ko‘tarmasini 
ko‘tarish texnologik jarayonlari hisobi. 
Ishning mаqsаdi: Tаlаbаlаrni yo’l pоyini o’ymаdа qurish vа o’ymа gruntlаridаn 
yo’l pоyi ko’tаrmаsini ko’tаrish tеxnоlоgik jаrаyonlаri bo’yichа bilim vа ko’nikmаlаrni 
hоsil qilish. Yo’l pоyini o’ymаdа qurish vа o’ymа gruntlаridаn yo’l pоyi ko’tаrmаsini 
ko’tаrish tеxnоlоgik jаrаyonlаri hisоbi. 
Ishni bаjаrish tаrtibi: O‘ymalardan olinadigan gruntlar ko‘tarmalarni qurish 
uchun ishlatiladi. Faqat ayrim hollarda bu gruntlar ag’dargichga surib tashlanadi. 
Bunday holat tog’‘ sharoitida yo‘l qurilishida ko‘p uchraydi. Ayrim hollarda grunt o‘ta 
namlangan yoki minerologik tarkibi yaxshi bo‘lmagani sababli ko‘tarma uchun yaroqsiz 
hisoblanadi. Ammo ko‘pincha ko‘tarma uchun grunt manbaini qidirish lozim, chunki 
tekislik sharoitida yoki baland-pastligi kam joylarda o‘yma ko‘tarmaga nisbatan kam 
bo‘ladi. Gruntning asosiy massasi yo‘ldan har xil masofada joylashgan grunt 
karyerlaridan olinadi. Asosiy ishlarni bajarish uchun buldozerlar, skreperlar, 
eksqavatorlar va bilan frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. Mashinalarni 
tanlash ishlab chiqarish sharoitiga: gruntning tarkibi va holatiga, tashish masofasiga, 
ishning muddati va hajmiga, mashinalar saroyining borligiga bog‘liq. Gruntni kichikroq 
masofaga (100-150 m gacha) surishda buldozerlar yoki frontal yuklagichlardan 
foydalaniladi, katta masofalarda - skreperlar, eksqavatorlar va frontal yuklagichli 
transport vositalari ishlatiladi. 100 m gacha tashish qilishda buldozerlar, 100 dan 300 m 
gacha aravali skreperlardan foydalanish samaralidir. Gruntlarni 2-2,5 km masofagacha 
tashishda yarim aravachali skreperlar (o‘zi yurar) avtomobil-samosval bilan birgalikda 
ishlayotgan, cho’michining hajmi 1,6 m3 bo‘lgan bitta cho’mich eksqavatorga nisbatan 
samaraliroqdir. Tashish masofasi 3 km gacha bo‘lganda avtomobil-samosval bilan birga 
ishlayotgan, cho’michini hajmi 1,6 m3 dan kichik bo‘lgan bitta cho’michli skreperlar 
eksqavatorga samaraliroqdir. 
Gruntlarni tashish masofasi 2 km dan ortiq bo‘lganda ish unumdorligi 350 
m3/soat bo‘lgan rotorli eksqavatorlardan foydalanilganda yer ishlari ancha arzonga 
tushadi. Keltirilgan dastlabki xulosalarni taxminiy deb qarash kerak, chunki umuman 
hisobga olinmagan yoki qisman hisobga olingan boshqa ko‘pgina omillar ta'sir qilishi 
mumkin. Masalan, eksqavator bilan birga ishlayotgan avtomobillar. Gruntlarni tashish 
masofasiga va eksqavator kovishining sig‘imiga mos keladigan avtomobilning muqobil 
yuk ko‘tarish qobilyati bo‘ladi. Ob'ektdagi ish hajmi va boshqa omillar samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun yetakchi mashinalarning muqobil 
variantini tanlashda aniq sharoit har tomonlama tahlil qilinadi va texnik-iqtisodiy 
hisoblash bilan asosiy omillarni va ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi yechim qabul 
qilinadi. 
O‘ymalarni o‘yish va qo‘shni ko‘tarmalarni buldozer bilan qurish. Buldozerlar quvvati 
va tortish kuchiga ko’ra guruhlarga bo‘linadi: o‘ta og‘ir – tortish kuchi 250 kN gacha; 
og‘ir – 150; o‘rtacha – 100; yengil – 50; kichik hajmli – 2.5 kN. 
Yurish qismiga ko’ra buldozerlar gusenisali va g‘ildirakli; ag’dargichini 
boshqarishiga ko’ra mexanik va gidravlik uzatkichli; ag’dargichning o‘rnatilishiga ko’ra 


burilmaydigan va buriladigan (universal) ag’dargichli. Buriladigan ag’dargich traktor 
bo‘ylama o‘qining ikkala tomonidan 90 va 600 burchak ostida o‘rnatilgan va 
mustahkamlangan bo‘lishi mumkin. Ayrim buldozerlarda ag’dargich gorizontal 
tekislikka 5o qiyalikda o‘rnatiladi.
Universal buldozerlar gruntni faqat oldinga emas, yon tomonga ham suradi. 
Buldozerning imkoniyatini kengaytirish va ish samaradorligini oshirish uchun u 
ag’dargichli qanotcha, to’sqich, yumshatkichli tish bilan jihozlanadi. Ko’pincha 
ag’dargichli burilmaydigan buldozerlar qo‘llanadi.
Yo‘l poyini qurishda buldozerning ish sikli gruntni qirqish, surish, yotqizish va 
orqaga qazish joyiga bo‘sh yurishdan iborat.
Gruntni buldozer bilan ishlash gruntni qirqish va to’plashdan iborat. Buldozer 
samarali ishlashi uchun montaj qilingan traktorni tortish kuchlari o‘zgaruvchan bo‘lishi 
kerak: eng ko‘pi – gruntning boshida eng kami – oxirida qirqish.
Ag’dargich maksimal chuqurlikka h kirganda qirqishni boshlash kerak
ag’dargicholdida kerakli miqdorda grunt xosil bo‘lishi bilan uning chuqurligini 
kamaytirib boriladi. Qirqilgan grunt qoziq shaklida bo’ladi (7.1, a- rasm).

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling