7-amaliy mashg’ulot. Yo‘l poyini o‘ymada qurish va o‘yma gruntlaridan yo‘l poyi ko‘tarmasini ko‘tarish texnologik jarayonlari hisobi. Ishning mаqsаdi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1381969
1   2
16.1- 
rasm.
Har 
xil 
sharoi
tda 
ishlay
digan 
buldoz
erning
qirqishidan hosil bo‘lgan grunt payrahasining shakllari 
Og‘ir gruntlarni kavlash va qirqishga qarshilik juda katta bo‘lishi mumkin, bunda 
grunt kerakli miqdorda to’planmasa ham, ag’dargich birmuncha balandlikka ko‘tariladi. 
Bu holda traktor dvigateli normal oborot olishi bilan ag’dargichni qaytadan va ko’p 
martalab botirishga to’g’ri keladi. Bunday qirqishda taroqsimon shakl hosil bo‘ladi (7.1, 
b-rasm). bunda uch marotaba botirishda o‘rtacha qiyinlikdagi (II va III guruh) gruntlar 
uchun shaklni quyidagi o‘lchamlari taklif qilinadi: h1 = 25 ‚ 30 cm, l1 = 3 ‚ 3,5 m; h2 
= 15 ‚ 12 sm, l2 = 2 ‚ 2,5 m; h3 = 12 ‚ 10 sm, l3 = 1,5 ‚ 2,0 m. 
O‘yma va grunt karyerlarini eksqavator bilan qazish, ko‘tarma qurish. Ishchi 
qurilmaning turi, cho’mich hajmi, yurish qismining turi, ishchi qurilmaning aylanishini 
chegaralash darajasiga qarab har xil eksqavatorlardan foydalanish maqsadida avtomobil 
yo‘llarining ko‘tarmasining eksqavator yordamida quriladi.
Grunt va iqlim sharoitiga, ishning muddati va hajmiga, gruntni tashish sharoitiga 
va boshqa bir omillarga eksqavator turi, modeli va ishchi qurilmasi tanlanadi. 
Ish unumdorligi katta bo‘lgan rotorli eksqavatorlar bir joyga yig’ilgan katta hajmli 
(ob'ektda grunt hajmi 20 ming m3 dan ko‘p) ishlarda qo‘llanadi. Bir cho’michli 
eksqavatorlar, asosan, yumshatilgan tog’‘ jinslari, tarkibida juda zich gilli gruntlar 


bo‘lgan har xil gruntlar, agar skreper, buldozer yoki boshqa yer mashinalarini ishlatish 
noqulay bo‘lsa, qazishda qo‘llanadi.
Gusenitsali eksqavatorlar bir yerga yig’ilgan, tez-tez joyini o‘zgartirish talab 
qilinmaydigan, bo‘sh asos bo‘lganda, pnevmoshinali eksqavator tez ishdan chiqadigan 
tog’‘ jinslarini kavlash ishlarida qo‘llanadi, Pnevmog‘ildirakli eksqavatorlar bir yerga 
yig‘ilmagan ishlarda yuk ko‘tarish qobiliyati kerakli darajada bo‘lganda, maqsadga 
muvofiq. 
Ishning asosiy hajmi to‘g‘ri kurak bilan jihozlangan eksqavatorlarda olib boriladi; 
draglayn va teskari kurakli eksqavatorlar kam ishlatiladi. Draglayn, agar eksqavatorning 
o‘zi turgan joyi sathidan pastdagi grunt kavlansa, grunt suvlari ta'siri yoki boshqa 
sababdan ish olib borish qiyin bo‘lsa, ko‘tarmani yon rezervdan olib qurish kerak 
bo‘lsa, o‘ymani o‘yishda grunt ag’dargichga tashlansa, qo‘llanadi. Teskari kurakli 
eksqavatorlar, asosan, transheyalar va poydevor osti kotlovanlarini qazishda qo‘llanadi.
Quvvati (ish unumdorligi) bo‘yicha eksqavatorlar ob'ektdagi ishning hajmiga 
qarab tanlanadi. Odatda, eksqavatorlar transport vositalari avtomobil-samosval yoki 
tashigichlar bilan birga ishlatiladi. Ayrim hollarda grunt 200-300 m uzunlikdagi tasmali 
zvenoli transporterlar bilan tashiladi. Ular, ko‘pincha, uncha katta bo‘lmagan 
masofalarga (1-3 km) grunt tashishda qo‘llanadi. Transport vositasini tanlash 
eksqavatorning ish unumdorligiga (cho’mich sig‘imi) va gruntni tashish masofasiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Bitta cho’michli eksqavatorning ish unumdorligi: 
Ю
s
В
Т
К
t
К
ТVК
П
3600


bu yerda: T – ish smenasining davomiyligi, soat (besh kunlik ish haftasida 8,2 soat 
olinadi); V – eksqavator cho’michining sig‘imi, m3; KT – cho’michni to‘ldirish 
koeffitsienti; KV - vaqtdan foydalanish koeffitsienti; KYu – gruntni yumshatish 
koeffitsienti; tS - eksqavatorning ish siklining davomiyligi, s. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling