7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
7.4.-jadval
Nomoddiy aktivlarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi Muomala mazmuni Debet Kredit Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish 9220 0400 Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish 0500 9220 Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olinadigan tushumni aks ettirish 4010 9220 Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlar obyektini qo‘shimcha baholash 8510 9220 saldosini hisobdan chiqarish aks ettiriladi QQSni aks ettirish 9220 6410 Nomoddiy aktivlarning sotilishidan ko‘rilgan zararni aks ettirish 9430 9220 Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olingan foydani aks ettirish 9220 9320 Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bian bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi (7-son BHMS- ning (AV tomonidan 27.06.2005 yilda 1485-son bilan ro‘yxatga olingan) 66-bandi va Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (AV tomonidan 14.01.2006 yilda 1539-son bilan ro‘yxatga olingan) 3-paragrafi. Nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlash chog‘ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo‘shimcha baholash saldosi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning o‘zida “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan daromad sifatida “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti kreditiga kiritiladi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi va ularni izohlang? 2. 7-sonli “Nomoddiy aktivlar” nomli BHMS va uning mazmuni nimalardan iborat? 3. Gudvill va bedvill hisobini yuritish tartibini tushuntiring. 4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarni tushuntirib bering. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling