7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi


Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish-


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1626820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu

Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish-ishlab chiqarishda yaratilgan 
buyumning namunasi yoki patentga o‘xshab ketadi. Ammo patent faoliyatni himoya 
qilsa sanoat dizaynini ro‘yxatga olish esa tashqi ko‘rinishni himoya qiladi. Masalan, 
kompyuter terminalining yangi dizayni dizaynning ro‘yxatga olinishi bilan yangi 
“Pentium-5”- kompyuter esa-patent bilan himoya qilinadi. 
Mualliflik huquqlari- musiqa, adabiyot, tasviriy sanat asarlariga taqdim 
etiladigan mualliflik himoyasidir. Mualliflik huquqi sohiblariga o‘z ishlarini nashr 
qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, ko‘chirma nusxalarini sotish, yozib olish 
huquqi beradi. 
Mualliflik huquqi qiymati tannarx qoidasiga binoan o‘lcha-nadi, deb faraz 
qilinadi. U ko‘pincha butun amal qilish muddati mobaynida iqtisodiy qiymatga ega 
bo‘lmaydi va uning qiymati mualliflik huquqiga oid ishning daromad keltira 
boshlashi kutilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo‘ladi. Ammo 
u har qanday holatda ham butun amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida 
(muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi kerak. 
Savdo markalari, savdo belgilari - mahsulot yoki xizmat-larga oid berilgan 
nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik 
qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi, ro‘yxatga olinganlari esa-ularning 
faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi 
mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa 
aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi. 
Savdo markalari yoki savdo belgilari - mahsulot yoki xizmatlarga oid 
berilgan nomlar, ramzlar.
56
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to‘langan pul mablag‘lari qiymati 


kapitallashtirib boriladi. Uning foydalanilishi, himoya qilinishi, kengaytirilishi, 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki sudda himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul 
summalari ham kapitallashtiriladi. 
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat 
qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo‘lib 
chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling