7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.6. Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni hisobga olish
7.3.
-jadval Xojalik operatsiyalarini aks ettirish T/R Xojalik operatsiyalarining mazmuni Summa, ming so‘m Debet Kredit 1 Mutlaq huquqni qayta baholash aks ettiriladi 59 112,5 0410 8510 2 Hisoblangan amortizatsiyani qo‘shimcha baholash aks egtiriladi 1 970,2 8510 0510 7.6. Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni hisobga olish Xojalik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak. Ouyidagi xojalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: ♦ realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida; ♦ bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida; ♦ nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida; ♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; ♦ huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida. Nomoddiy aktivlar sotilishi munosabati bilan xojalik faoliyatidan chiqib ketadi. Masalan, patent egasi sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqidan voz kechish (qayta voz kechish) to‘g‘risidagi shartnomaga asosan nomoddiy aktivga bo‘lgan mutlaq huquqdan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. Bunday shartnomalar respublika Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak, aks holda ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar obyektlarining chiqib ketishi buxgalteriya hisobida 9220- “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotida aks ettiriladi: - 9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debeti bo‘yicha nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotida hisobga olinadigan obyektning boshlang‘ich qiymati va ularning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi; - 9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining krediti bo‘yicha hisob-langan amortizatsiya ajratmalari summasi, shuningdek chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlar obyektini qayta baholash saldosi (agar aktiv qayta baholangan bo‘lsa) aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar sotilishidan olingan tushum 9220-schyot kreditida 4010- “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti debeti bo‘yicha saldo (zarar) joriy hisobot davrida 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, krediti bo‘yicha saldo (foyda) esa 9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling