7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар
Download 45.78 Kb.
|
7-laboratoriya
11. Poyezdni biriktirish mumkin bo‘lmasa, mashinist ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda tiklash poyezdini yoki yordamchi lokomotivni talab qilishi kerak, bunda u qo‘shimcha talabnomada poyezdning ajrab ketgan qismlari orasidagi taxminiy masofani ham ko‘rsatishi lozim.
Ushbu Yo‘riqnomada belgilangan favqulotda holatlarda yordam talabnomasini stansiyaga yetkazish uchun poyezd lokomotividan (vagonlar bilan yoki yakka o‘zidan) foydalanish mumkin. Bunday lokomotivning orti signalizatsiya to‘g‘risidagi Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda belgilanishi lozim. Odamlari bo‘lgan va 1 klass xavfli yuk ortilgan (VM) vagonli tarkiblarni peregonda qo‘riqlashsiz qoldirish taqiqlanadi. 12. Stansiyaga yordam so‘rab ketayotgan poyezdning mashinisti quyidagilarga amal qilishi shart: avtomatik blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda uning signallariga amal qilishi; yo‘l postlari (blokpostlar)ga ega yarim avtomatik blokirovkali peregonlarda yo‘ldagi birinchi blokpostda to‘xtab, sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida poyezd dispetcheriga xabar berishi. Blokpost navbatchisi bunday lokomotivni o‘tish signalining ruxsat ko‘rsatmasiga binoan jo‘natadi, ammo o‘tish blokirovka signalini bermaydi. Peregondagi boshqa blok-post navbatchilari ushbu Yo‘riqnomaning 91 bandida ko‘zda tutilgan tartibda harakat qiladilar. Elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonlarda poyezd tarkibi qoldirilgan peregonning jezlini stansiyaga yordam talab qilib kelgan mashinist stansiya navbatchisiga beradi. Peregon bo‘shatilib, normal harakat tiklanguniga qadar stansiya navbatchisi jezlni apparatga solmasdan saqlashi shart. 13. Peregonni yopish va peregonda to‘xtab qolgan poyezdga yordam ko‘rsatish uchun lokomotiv yoki poyezdni jo‘natish ushbu Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Poyezdga ort tomondan yordam ko‘rsatilib, ort qismi joylashgan yer ma’lum bo‘lmasa, yordamchi lokomotiv (tiklash poyezdi) mashinistiga diagonali bo‘ylab qizil polosali oq rangdagi blankadagi ruxsatnomadan tashqari, quyidagicha ogohlantirish beriladi: Download 45.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling