«№______ poyezd mashinistiga poyezdni kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha tisarishga ruxsat beraman.
DSP ________________ (stansiyaning nomi va imzo)».
16. Peregonda to‘xtab qolgan poyezdni jo‘natilgan stansiyaning kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha tisarish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi lozim. Peregonda to‘xtatilayotgan poyezdning oldida (o‘tish maydonchasida yoki vagonning maxsus zinapoyasida) lokomotiv brigadasining xodimi, konduktor yoki mashinistning ko‘rsatmasiga binoan boshqa xodim bo‘lishi kerak.
Peregondagi motorvagon poyezdlar, maxsus o‘zi yurar harakat tarkiblari va yakka lokomotivlarni tisarish signallar ko‘rinadigan hududga to‘xtash imkonini beruvchi tezlikda amalga oshiriladi; motorvagon poyezd mashinisti boshqa (tisarish yo‘nalishi bo‘yicha old) boshqaruv kabinasiga o‘tadi.
Jo‘natilgan poyezdning ort qismi stansiya chegarasidan chiqmagan bo‘lsa, zarur hollarda bunday poyezdni tisarish stansiya navbatchisining og‘zaki ko‘rsatmasiga binoan manevr tartibida 5 km/soat dan ortiq bo‘lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Tisarilayotgan poyezdning harakat yo‘nalishi bo‘yicha birinchi vagon maxsus zinapoyasida yoki o‘tish maydonchasida lokomotiv brigadasi xodimi yoki konduktor, stansiya navbatchisi ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa xodim bo‘lishi kerak.
17. Peregondan qaytayotgan poyezdlar stansiyaga ochiq kirish svetofori bo‘yicha yoki ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda svetoforning taqiq ko‘rsatmasida qabul qilinadi.
Tisarilayotgan poyezdni stansiyaga qabul qilish marshruti tayyor bo‘lsa, ushbu Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan peregondagi poyezdni to‘xtatishga beriladigan ruxsat poyezdni stansiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan birlashtirilishi mumkin. Bunday holatda kirish svetoforining mavjudligi va qabul qilish sharoitlaridan kelib chiqib, ruxsatnoma matni quyidagi so‘zlar bilan to‘ldiriladi: «va ____ yo‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Kirish svetofori ochiq»; «va kirish svetoforining taqiq ko‘rsatmasida __ yo‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor»; «va ____ yo‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor».
Do'stlaringiz bilan baham: |