7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар
Download 45.78 Kb.
|
7-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «№____poyezd lokomotivi mashinisti. Oldinda to‘xtab qolgan №_____ poyezdning ajralib ketgan oxirgi vagonlariga ulaning va ushbu vagonlarni tarkibning bosh qismi bilan ulanishiga yordam
21. Peregonda to‘xtab qolgan poyezdga orqadan kelayotgan poezd tomonidan yetakchi lokomotivini ajratmasdan yordam ko‘rsatilishiga favqulotda holatlarda, faqat AJ raisi tomonidan belgilangan uchastkalarda hamda yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan poyezdning uzunligi va og‘irligi belgilangan me’yorlardan oshmagan holatlardagina ruxsat beriladi. Shu usulda yordam ko‘rsatish ruxsat etilgan peregon va uchastkalarni belgilash bilan bir vaqtning o‘zida AJ raisi tomonidan ushbu jarayonni amalga oshirishda xodimlarning (poyezd dispetcherlari, poyezd lokomotivlarining mashinistlari, stansiya navbatchilari va h.z.) bajaradigan ishlari ham tayin etilishi lozim.
22. Peregonda ajrab ketgan yuk poyezdi qismlarini birlashtirishda ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan holatlarda faqat uzilish ro‘y bergan tarkib mashinistining iltimosiga ko‘ra yordam ko‘rsatiladi. Yordam yakka lokomotiv tomonidan yoki uzilib ketgan poyezddan keyin borayotgan yuk poyezdi tomonidan lokomotivini ajratmasdan turib ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatlarda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi dispetcherning buyrug‘i quyidagi shaklda uzatiladi: «№____poyezd lokomotivi mashinisti. Oldinda to‘xtab qolgan №_____ poyezdning ajralib ketgan oxirgi vagonlariga ulaning va ushbu vagonlarni tarkibning bosh qismi bilan ulanishiga yordam ko‘rsating. DNS ______». Yordam yakka lokomotiv tomonidan yoki orqadan kelayotgan poyezdning lokomotivini ajratmasdan ko‘rsatilishidan qati nazar, yordam ko‘rsatayotgan lokomotiv poyezdni ajrab qolgan qismining so‘nggi vagoni bilan birikishi shart. Keyingi harakatlar ushbu Yo‘riqnomaning 196 bandida belgilangan talablarni bajarganidan so‘ng birinchi lokomotiv mashinistining ko‘rsatmalariga binoan amalga oshiriladi. Bunda ajrab ketgan vagonlar orasidagi masofa, tarkibning bosh va ajrab qolgan qismidagi vagonlar soni, yo‘l profili va hakazolarga bog‘liq ravishda birikish birinchi poyezdnig bosh qismini surib kelish yoki uzilib qolgan vagonlarni birinchi poyezdning bosh qismi bilan qo‘shilguncha surib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ajratilgan qismlar qo‘shilganidan so‘ng ikkinchi poyezd mashinistining yordamchisi lokomotivni ortdagi vagondan ajratadi va ikkala poyezd avtoblokirovka signallariga amal qilib harakatini mustaqil davom ettiradi. 23. Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda yakka lokomotiv yoki maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi to‘xtab qolib, mustaqil harakatlanishiga imkoni bo‘lmasa, ularni orqadan kelayotgan poyezd, lokomotivini ajratmasdan turib, eng yaqin stansiyagacha surib borish usuli bilan peregondan olishi mumkin. Bu ham poyezd dispetcherining ikkala lokomotiv mashinistiga va oldindagi stansiya navbatchisiga beradigan buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. Bunday holatda to‘xtab qolgan lokomotiv (maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi) orqadan kelayotgan poyezd lokomotivi bilan ulanadi. Eng yaqin stansiyagacha keyingi harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim. Uchastkalarda bunday tartibni qo‘llash imkoniyati yo‘lning plani va profilidan kelib chiqib AJ raisi tomonidan belgilanadi. 24. Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda harakatlangan yuk poyezdi qiya ko‘tarilishda to‘xtab qolgan bo‘lsa va harakatni davom ettirish uchun uni yo‘lning yengilroq profili (qiyaligi pastroq qismi) ga surib to‘xtatish zarur bo‘lsa, ushbu harakat faqat yo‘lning poyezd ortidan stansiyagacha bo‘lgan uchastkasi poyezdlardan bo‘sh bo‘lgan taqdirda, poyezd dispetcherining lokomotiv mashinisti va orqadagi stansiya navbatchisiga beradigan qayd etiluvchi buyrug‘i ayeosida amalga oshirilishi mumkin: Download 45.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling