PEREGONDA TO‘XTAB QOLGAN POYEZDGA ORTIDAN KELAYoTGAN POYEZD LOKOMOTIVI TOMONIDAN YoRDAM KO‘RSATILIShI
18. Avtoblokirovka va poyezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda, ko‘rinish yaxshi bo‘lgan sharoitda, peregonda to‘xtab qolgan poyezdga yordam ko‘rsatish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
peregonda to‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv;
peregonda to‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yuk poyezdi tarkibidan ajratilgan lokomotiv;
lokomotivini uzmasdan ortdan kelayotgan yuk poyezdi.
Yordam ko‘rsatishning u yoki bu usuli poyezd dispetcheri tomonidan yuzaga kelgan vaziyat har tomonlama baholangandan so‘ng ikkala lokomotivning mashinistiga beradigan qayd etiluvchi buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Yordam ko‘rsatish uchun lokomotivni odamli poyezddan va 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan poyezddan ajratish taqiqlanadi. Bunday poyezdlardan, lokomotivni tarkibdan uzmasdan yordam ko‘rsatish uchun ham foydalanish taqiqlanadi.
19. Yordam peregonda to‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv tomonidan ko‘rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
«№_______ poyezdi lokomotivi mashinisti. Oldinda to‘xtab qolgan №_________ poyezdga yordam ko‘rsating. DNS _________».
Yordam ortdan kelayotgan yuk poyezdidan ajratiladigan lokomotiv tomonidan ko‘rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
«№_______poyezd mashinistiga. Poyezd tarkibini mahkamlang, undan ajraling va oldinda to‘xtab qolgan №__________ poyezdga yordam ko‘rsating. DNS _______».
Bunday buyruqni berishdan avval poyezd dispetcheri lokomotiv uzilishi lozim bo‘lgan poyezd tarkibi qulay profilda joylashganini, uni tormoz boshmoqlari va qo‘l tormozlari bilan ushbu Yo‘riqnomaning 189 bandida ko‘zda tutilgan tartibda ketib qolishidan mahkamlash mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Vagonlarni ketib qolishdan mahkamlamasdan turib lokomotiv mashinistiga lokomotivni poyezd tarkibidan ajratish taqiqlanadi.
20. Yordam ko‘rsatish uchun foydalaniladigan lokomotiv mashinistlariga poyezd dispetcherining buyrug‘ini olgandan so‘ng band blok-uchastkaga kirib, oldinda turgan poyezd oldida to‘xtash imkonini beruvchi tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi. Ushbu poyezd tarkibiga yetmasdan turib mashinist to‘xtashi, oxirgi vagonning avtoulagichini shaxsan ko‘zdan kechirishi, lokomotiv avtoulagichini "buferga" holatiga mahkamlashi, shundan keyingina ehtiyotkorlik bilan tarkibga yurib borishi lozim. Surish birinchi poyezdning mashinisti beradigan signal (ko‘rsatma)ga asosan boshlanadi, shundan so‘ng ikkala lokomotivning mashinistlari o‘zaro radio orqali aloqa qilib, harakatlarini muvofiqlashtirishlari shart. Yordam ko‘rsatishga ehtiyoj qolmagandan so‘ng ikkinchi lokomotiv, yetakchi lokomotivning signali (ko‘rsatmasi)ga binoan surishni to‘xtatadi. Yordam to‘xtab qolgan poyezdning ortidan kelayotgan yakka lokomotiv tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, surishni to‘xtatgandan so‘ng u avtoblokirovka signallari bo‘yicha harakatni mustaqil davom ettiradi.
Yordam orqadan kelayotgan poyezddan ajratilgan lokomotiv tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu lokomotiv surishni to‘xtatgandan so‘ng ortda qolgan tarkibga qaytadi, bunda, yordam ko‘rsatish jarayonida poyezd bilan birgalikda oldindagi stansiyaga yetib kelgan bo‘lsa, peregonda qolgan tarkibga stansiya navbatchisining ko‘rsatmasiga binoan, peregonni egallashi uchun qo‘shimcha ruxsatsiz qaytadi. Ortda qolgan tarkibga yetib bormasdan turib mashinist lokomotivni to‘xtatadi va avtoulagichni biriktirishga tayyor ekanligiga shaxsan ishonch hosil qiladi. Lokomotivni tarkibga ulanish uchun keyingi harakati alohida extiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
Lokomotiv ulanib, tormozlash havo magistrali belgilangan bosimgacha to‘ldirilgandan so‘ng avtotormozlarning qisqa sinovi o‘tkaziladi, shundan so‘ng lokomotiv brigadasi xodimlari yoki bosh konduktor vagon g‘ildiraklari ostidan tormoz boshmoqlarini chiqarib oladilar va qo‘l tormozlari qo‘yib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |