7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja


Download 234.93 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.93 Kb.
#1466534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-ma`ruza

Emul`siyalarning qovushoqligi. Emul`siyaning qovushoqligi uni tashkil qilgan dispers faza qovushoqligi η1 ga, dispersion muhit qovushoqligi ηo ga dispers fazaning xajmiy kontsentratsiyasi φ ga va emul`gatorning xossalariga bog`liq. Dispers fazasi kattik moddadan iborat dispers sistemalar qovushoqligini ifodalovchi Eynsh­teyn tenglamasi:
ηc = η0 (1+2,5φ) (15.2)


faqat dispers fazasining qovushoqligi dispersion muxit qovushoqligidan katta bo`lgan emul`siyalar uchun qo`llanila oladi. G.Teylor_1932_yilda'>G.Teylor 1932 yilda emul`siyalar qovushoqligini tekshirib, Eynshteyn tenglamasiga o`xshash tenglamani taklif qildi:
ηc = η0 [1+2,5φ( (15.3)


Bu tenglama Eynshteyn tenglamasidan faqat

ko`paytiruvchisi borligi bilan farq qiladi. G.Teylor bu tenglamani chiqarishda zarrachalar orasida o`zaro ta`sir yo`q deb faraz qilgan. D.Sibri emul`siyalarning qovushoqligini xisoblab topish uchun quyidagi tenglamani taklif qildi:


(15.4)

bu yerda K—«xajmiy faktor» deyiladigan doimiy kattalik, uning qiymati ko`pchilik emul`siyalar uchun 1,3 ga yaqin; umuman K ning qiymati emul`siya tipiga, dispers faza va emul``gator moddalarining xossalariga bog`liq.
Emul`siya tarkibidagi dispers faza kontsentratsiyasi oshirilganida emul`siyaning qovushoqligi ortibgina qolmay, balki u qattiq mustahkam xolatni kasb etadi. Shu sababli yuqori kontsentratsiyaga ega bo`lgan emul`siyani xatto sindirish va kesish ham mumkin. Emul`siyalarning qattiq va mustahkam xolatini (boshqacha aytganda siljish kuchlanishining chegara qiymatni) olishiga sabab ikkita:
1) emul`siya kontsentratsiyasi oshganida dispers faza tomchilarini birlashtiruvchi strukturalar xosil bo`ladi;
2) tarkibida emul`gator bor fazalararo qavatlar elastik xossalarga ega. Yuqori kontsentra­tsiyaga ega bo`lgan emul`siyalarning tashqi ko`rinishi quyuq jelatina eritmalarini eslatadi.

Download 234.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling