7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja
Download 234.93 Kb.
|
7-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUSPENZIYALAR.
7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja: Emul`siyalar va ularning olinishi, tuzilishi va barqarorligi. Emul`siyalarning tiplari va xossalari. Emul`gator va ularning xossalari. Emul`siyalarda fazalar almashinishi. Emul`siyalarning qo`llanilishi va ahamiyati. Aerozollarning xosil bo`lishi va olinish usullari. Aerozollarni buzish. Aerozollar va gidrozollar orasidagi farq. Aerozollarni ekologiyaga ta`siri va uni ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Tuproq kolloidlari. Ko`piklar va ularning agregativ barqarorligi hamda ularga ta`sir etuvchi omillar. SUSPENZIYALAR. Dispers sistemalarning uchinchi xili dag`al dispers sistemalardir. Dag`al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining o`lchami 100 nm dan katta bo`ladi. Dispers faza va dispersion muhitning agregat xolatiga qarab dag`al dispers sistemalar bir necha xil bo`lishi mumkin. Turmush va texnikada eng ko`p uchraydigan dag`al dispers sistemalar quyidagilardir: Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat dag`al dispers sistemalar; ular suspenziyalar deb ataladi. Masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya xosil bo`ladi. Suyuq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat sistemalar; bular emul`siyalar deyiladi. Sut emul`siyaga misol bo`la oladi, chunki mayda-mayda yog` zarrachalari suv ichiga tarqalgan bo`ladi. Agar dispers faza gaz bo`lsa, bunday sistemalar gazsimon emul`siyalar, boshqacha aytganda ko`piklar deb ataladi. Bir necha xil qattiq jismlardan tuzilgan sistemalar to`g`ridan-to`g`ri aralashmalar deyiladi. Suspenziya va emul`siyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi: suspenziya bilan emul`siya optik jixatdan bir jinsli emas; ular yorug`lik nurini tarqatib yuboradi, hamma vaqt loyqa va polidispers bo`ladi, sedimentatsion jixatdan barqaror emas; suspenziya bilan emul`siya ikki va uch qavatga bo`linishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin, dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib texnikada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi. Agar sistema emul`siyadan iborat bo`lsa, u xolda dispers fazani dispersion muhitdan ajratish uchun sistema uzoq vaqt tindiriladi yoki sentrifugalanadi. Bunda bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik qavati xosil bo`ladi va ular bir-biridan ajratib olinadi. Agar sistema suspenziyadan iborat bo`lsa, bu sistema tindirilgan vaqtda og`ir modda idish tubiga cho`kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho`kish protsessi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya xodisasini xamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin xamma suspenziyalarning sedimen-tatsiya tezligi har xil bo`ladi. Suspenziyalarning cho`kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga xamda ularning radiusiga bog`liqdir. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yo`li N bo`lsa, sedimentatsiya tezligi V=H/t bo`ladi. Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushoqligi va zichligi orasidagi bog`lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi: Download 234.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling