7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja
Download 234.93 Kb.
|
7-ma`ruza
KO`PIKLAR.
Agar emul`siyadagi bir suyuqlik o`rniga gaz olinsa, ko`pik xosil bo`ladi. Ko`pikda dispersion muxit sifatida xamma vaqt suyuqlik xizmat qiladi, lekin suyuqlik ko`pik hajmining juda oz qismini tashkil etadi. Ko`pik — gaz va suyuqlikdan iborat yuqori kontsentratsiyadagi mikrogeterogen sistemadir. Ko`pikning disperslik darajasi juda past bo`lgani uchun ko`piklar dag`al dispers sistemalar jumlasiga kiritiladi. Kontsentrlangan ko`piklar xosil qilish uchun xuddi emul`siyalardagi kabi stabilizator kerak bo`ladi. Masalan, suv va xavodan iborat barqaror ko`pik olish uchun sovun, yetmak va oqsillar stabilizator sifatida ishla-tiladi. Xuddi emul`siyalardagi kabi bu yerda xam, stabilizatorlik vazifa-sini sirt-aktiv moddalar bajaradi. Stabilizator suyuqlikning sirt tarangligini kamaytirib, mexanik jixatdan mustahkam pardalar xosil bo`lishini ta`minlaydi. Ko`pik pardasi pishiq bo`lgandagina ko`pik barqaror bo`ladi. Faqat elastik pardalardan iborat ko`piklar uzoq vaqt tura oladi. Har qanday ko`pikni miqdoriy jixatdan xarakterlash uchun ko`pikning ko`payuvchanligi (karraliligi) nomli kattalik «K» kiritilgan; K = (15.6) bu yerda VK— ko`pik xajmi, Vc — suyuqlik (parda xolatidagi suyuqlik) xajmi. Ko`piklarni harakterlashda yana disperslik (ya`ni ko`pik pufak- chalarining o`rtacha diametri), suyuqlik pardalarining o`rtacha qalinligi, ko`pikning mustaxkamligi (o`z-o`zicha yemirilish vaqti), ko`pik pardalarining yupqalanish tezligi kabi ko`rsatkichlardan ham foydalaniladi. Albatta, amaliy jixatdan qaraganda ko`pikning ikki ko`rsatkichi, ya`ni stabillanishi va yemirilish vaqti katta axamiyatga ega. Ko`pikka turli moddalar qo`shish bilan bu ikki protsess tezligiga katta ta`sir ko`rsatish mumkin. Masalan, Dьyuar sovun eritmasiga turli moddalar qo`shish va tayyorlash usulini tanlash natijasida sovun ko`pigi umrini 3 yilga yetkaza olgan (vaxolanki sovun ko`pigining umri odatda bir necha sekund bilan o`lchanadi). Ko`pik umrining uzoq-qisqaligiga temperatura va eritmadagi pH qiymati xam katta ta`sir ko`rsatadi. Ko`piklar ham turmush va texnikada katta ahamiyatga ega. Masalan, rudalarni boyitishda ishlatiladigan flotatsiya usuli ko`pik xosil qilish protsessiga asoslangan. Xozirgi vaqtda struktura turlari qattiq moddalardan iborat bo`lgan qattiq ko`piklar (aerogellar) nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ulardan izolyatsion materiallar, mikrog`ovak charmlar, penoplast, ko`pikshisha va boshqa materiallar tayyorlanadi. Qattiq ko`pik (masalan, penoplast) xosil qilish uchun plastmassalarga ba`zi moddalar (masalan, ammoniy bikarbonat, mochevina va boshqalar) qo`shib, aralashma 150—180°C da parchalanadi; bu vaqtda gaz muxsulotlar (azot, karbonat angidrid, suv bug`i va boshqalar) ajralib chiqib, sistemada mikrog`ovakli struktura xosil bo`ladi. Konditer ko`piklar (tort va boshqa noz-ne`matlar) xam qattiq ko`piklar jumlasiga kiradi. Download 234.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling