7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja


Download 234.93 Kb.
bet8/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.93 Kb.
#1466534
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-ma`ruza

3. Moddani ul`tratovush yordamida
m a y d a l a sh.
Bu metod deyarli yuqori kontsentratsiyadagi dispers fazaga ega bo`lgan aerozol` tayyorlashga imkon beradi. Bu metoddan antibiotiklarning suvdagi eritmalarini xosil qilishda foydalaniladi.


4. Suyuk moddani ul`tratsentrifuga yordamida
sachratish.
Dispers faza moddasining suvdagi eritmasidan ko`p miqdorda tayyorlash kerak bo`lgan xollarda bu usuldan keng foydalaniladi.
Aerozollarning molekulyar-kinetik xossalari. Aerozollarni suyuq kolloid sistemalardan ajratib turadigan asosiy ko`rsatkich Shundan iboratki, gaz muxitda molekulalarning erkin xarakat uzunligi aerozol` dispers faza zarrachalari diametridan katta bo`lishi mumkin, Molekulyar-kinetik nazariyaga muvofiq gaz molekulalarining erkin xarakat uzunligi λ quyidagi formula bilan hisoblanadi:
λ = (15.7)
bu yerda dmolekula diametri, n— xajm birligidagi molekulalar soni, π = 3,14. Agar n ning o`rniga kT/p qo`ysak:
λ = (15.8)
xosil bo`ladi (bu yerda k—Bol`tsman konstantasi, T—absolyut temperatura, P—bosim). Gazlar uchun λ ning qiymati 100 nm atrofida bo`ladi. Suyuqliklarda esa 10 nm ga yaqin, ya`ni molekulalar radiusiga juda yaqin qiymatga ega.
Aerozollarning molekulyar-kinetik xossalarini o`rganish natijasida ular ikki sinfga bo`linishini ko`ramiz.
Birinchi sinfga λ / r>>1, ya`ni zarrachasi erkin xarakat uzunligining zarracha radiusiga nisbati 1 dan ancha katta bo`lgan aerozollar kiradi.
Ikkinchi sinfga λ / r << 1 bo`lgan aerozollar kiradi. λ / r << 1 bo`lgan aerozollar sferik shakldagi dispers faza zarrachalarining idish tubiga cho`kishi Stoks qonuni F=6πηrv ga bo`ysunadi (bu yerda F—suyuq-likning zarracha xarakatiga ko`rsatadigan qarshilik kuchi, η—suyuqlikning qovushoqligi, v— zarrachaning suyuqlik ichida xarakatlanish tezligi,

Download 234.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling