7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja


Download 234.93 Kb.
bet10/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.93 Kb.
#1466534
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-ma`ruza

TUPROQ KOLLOIDLARI.
Tuproq kolloidlari yerning sirt qavatida uchraydigan kolloidlar bo`lib, ularda dispers faza rolini diametri 1 nm dan 100—200 nm gacha bo`lgan juda mayda tuproq zarrachalari, dispersion muxit rolini esa tuproq eritmasi bajaradi. Tuproq kolloidlari xosil bo`lishida tuproq eritmasi-ning roli katta. Tuproq eritmasi tuproqning suyuq fazasi bo`lib, u o`zida turli moddalarni eritgan suvdan iborat. Tuproq eritmasining tarkibi tuproq xosil qiluvchi tog` jinslarining xossalariga, tuproqning tipiga, yerga o`g`it solingan yoki solinmaganligiga bog`liq. SHo`rmas tuproqlarning tuproq eritmasida kalьtsiy bikarbonat ancha miqdorda bo`ladi, lekin sulьfat, nitrat, fosfatlar oz miqdorda uchraydi. Bunday eritmaning osmotik bosimi 10 atmdan oshmaydi. SHo`r tuproqlardagi tuproq eritmasida sulьfat, xlorid va sodaning miqdori juda ko`p bo`lgani uchun bunday eritmaning osmotik bosimi 30 — 40 atm ga yetadi. Agar tuproq eritmasining osmotik bosimi o`simlik organizmidagi osmotik bosimdan ortiq bo`lsa, tuproqdan o`simliklarga suvning chiqishi qiyinlashadi. Bunday tuproqda ekin qurib qoladi.
Tuproq eritmasidagi kolloid zarrachalarining umumiy miqdori turli xil tuproqlarda turlicha bo`ladi. Yengil tuproqlarda kolloidlar kam, og`ir tuproqlarda ko`p uchraydi.
Tuproq kolloidlari quyidagi uch gruppaga bo`linadi:
1) mineral kolloidlar (tuproqning kolloid-dispers xolatdagi minerallari);
2) organik kolloidlar (chirish natijasida xosil bo`ladigan gumus kislotalar);
3) organik-mineral kolloidlar (mineral-organik moddalardan iborat murakkab dispers sistemalar).
Tuproq kolloidlarining agronomik axamiyati nixoyatda katta. Tuproq kolloidlari- ning miqdori va tarkibi tuproqning shimish qobiliyatiga, tuproqda qumoq-qumoq zaruriy strukturalar xosil bo`lishiga xamda tuproq­ning boshqa xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi.
Tuproqning shimish xususiyati deganda tuproqning gazlarni, suyuqliklarni, erigan moddalarni va tuproq orqali o`tgan suvdagi qattiq zarrachalarni ushlab qolish xususiyatini tuShunish kerak. Ukrain olimi akademik K.K.Gedroyts XX asrning boshlarida rivojlantirgan ta`limotiga muvofiq tuproqning shimish xususiyati o`z ichiga biologik, ximiyaviy, fizik-ximiyaviy, fizik va mexanik shimish xususiyatlarni oladi.
Tuproqning biologik shimish xususiyati tuproqdagi mikroorga- nizmlar faoliyatidan kelib chiqadi. Ximiyaviy shimilishda erigan modda tuproqdagi turli komponentlar bilan ximiyaviy reaktsiyalarga kirishib, yomon eruvchan moddalar xosil qiladi, xosil bo`lgan moddalar esa tuproqning qattiq fazasi tarkibiga o`tadi.
Fizik-ximiyaviy shimish tuproq kolloidlari ishtirokida sodir bo`ladi. Tuproq kolloidlari o`z kationlarini almashtira oladi. Tuproq kolloidiga biror eruvchan tuz ta`sir etganida kationlarning almashinishi quyidagi sxema bo`yicha boradi:

Download 234.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling