7-Ma`ruza. Mavzu: Dispersion muhiti gaz, suyuq va qattiq moddadan iborat bo`lgan kolloid sistemalar. Reja


AEROZOLLAR. Suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarining gaz muhitda


Download 234.93 Kb.
bet7/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.93 Kb.
#1466534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-ma`ruza

AEROZOLLAR.
Suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarining gaz muhitda (masalan, xavoda) tarqalishi natijasida xosil bo`lgan mikrogete­rogen dispers sistemalar aerozollar deb ataladi. Barcha aerozollar tabiiy aerozollar va texnik aerozollar deyiladigan ikki gruppaga bo`linadi. Tabiiy aerozollar Yer atmosferasida sodir bo`ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida kelib chiqadi. Texnik aerozol­lar insonning ishlab chiqarish faoliyati (ruda qazish va uni qayta ishlash, ko`mir qazish, turli materiallarni maydalash, tsement ishlab chiqarish, yoqilg`i yoqish va xokazo ishlar) tufayli paydo bo`ladi. Sanoatda paydo bo`ladigan aerozollar, ko`pincha inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ular tabiatga ham zarar yetkazadi. Shu sababli texnik aerozollarni yo`qotish jamiyat oldida turgan aktual masalalardan biri hisoblanadi. Lekin qishloq xo`jaligida (masalan, ekinlarga sepiladigan insektitsidlar), sanoatda (bo`yoq sifatida) ishlatiladigan sun`iy aerozollar ko`pchilik xollarda mexnat unumdorligini oshiradi. Masalan, sun`iy aerozollar ba`zi kasalliklarni ingolyatsiya yo`li bilan davolashda qariyb 100 yildan beri ishlatilib keladi. Xilma-xil dorilarni aerozollar xolida ishlatib o`pka shamollashi, bronx, tomoq va boshqa organlarda uchraydigan yuqumli va allergik kasalliklar davolanadi.
Aerozollar ham xuddi boshqa dispers sistemalar singari dispergatsiya va kondensatsiya usullari bilan xosil qilinadi. Eng ko`p qo`llaniladigan dispergatsiya usullari bilan tanishib o`tamiz.
1.Moddani elektr maydonida sachratish u s u l i.
Bu usulda aerozol` xosil qilish uchun elektr kuchlanish manba qutblarining biriga ulangan pulьverizator yordami bilan modda sachratiladi. Bu usul bilan deyarli barqaror aerozol` olish mumkin.


2.Eritmani bosim ostida xavo yordamida
sachra­tish usuli.
Bu usulda aerozol` xosil qilish uchun turli konstruktsiyadagi pul`verizatorlar ishlatiladi.

Download 234.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling