7-ma’ruza. Mavzu: Sut emizuvchilarning turlari va ularning ahamiyati 7-ma’ruza


Tovushqonsimonlar (Lagomorpha) turkumi


Download 91.2 Kb.
bet12/13
Sana09.12.2021
Hajmi91.2 Kb.
#179620
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-maruza taqdimoti

Tovushqonsimonlar (Lagomorpha) turkumi. Bu turkum vakillarining yuqorigi jag’ida bir juft katta kurak tishlarining orqasida yana bir juft kichik qo`shimcha kurak tishlari bo`lishi bilan kemiruvchilar turkumi vakillaridan tubdan farq qiladi. Tovushqonsimonlarda ham kemiruvchilardagidek qoziq tishlari bo`lmaydi. Kemiruvchilardan yana keskin farq qiladigan belgisi tovushqonsimonlarning oshqozoni 2 bo`lmali bo`lishi, ya`ni fundal va pilorik bo`limi bor. Fundal bo`limida faqat ovqat suyuladi va bijg’ish jarayoni ketadi. Oshqozonning pilorik bo`limida esa ovqat hazm bo`la boshlaydi. Yana suyak tanglayi chap va o`ng oziq tishlari orasidagi tor ko`ndalang ko`prik shaklida bo`lishi bilan ham kemiruvchilardan farq qiladi. Tovushqonsimonlar o`simlikxo`r hayvonlar bo`lib, o`simliklarning kletchatkaga boy bo`lgan qismi bilan oziqlanadi.
  • Tovushqonsimonlar turkumi vakillari faqat tashqi ko`rinishidan kemiruvchilar turkumi vakillariga o`xshasada, filogenetik nuqtai nazardan ular primitiv tuzilgan qadimgi tuyoqlilarga yaqin turadi. Tovushqonsimonlar turkumi vakillarining oldingi oyoqlarida 5 tadan va orqa oyoqlarida 4 tadan barmoqlari bor. Tovushqonsimonlar turkumiga 65 ta tur kiradi va ular 2 ta oilaga bo`linadi
  • 1. Dumsiz sichqonlar yoki pichan yig’uvchilar (Ochotonidae) oilasi.
  • 2. Tovushqonlar (Leporidae) oilasi.
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling