7-ma’ruza. Mavzu: Sut emizuvchilarning turlari va ularning ahamiyati 7-ma’ruza


Download 91.2 Kb.
bet8/13
Sana09.12.2021
Hajmi91.2 Kb.
#179620
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-maruza taqdimoti

Jayralar (Hystricidae) oilasi bilan unga yaqin turadigan nina junlilar oilasi vakillari gavdasining ustki qismini uzun va o`tkir ignalar qoplab olganligi bilan xarakterlanadi. 4-6 ta turi bor. MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda hind jayrasi (Hystrix leucura) uchraydi. U O`rta Osiyoning tog’ etaklarida yashaydi, ba`zi joylarda qishloq xo`jaligiga, ya`ni poliz ekinlariga zarar yetkazadi. Ular tunda faol. Jayralar kunduz kunlari o`zi qazigan inida yashirinib yotadi. Ba`zida inining bir necha yo`li bo`lib, uning uzunligi 100 m gacha yetadi. Tog’larda jayralar 2000–7000 m balandlikka ko`tariladi. Ayrimlarining tana uzunligi 70–90 sm va vazni 16 kg gacha keladi. Bunday jayralar gavdasining ustini uzunligi 30–32 sm keladigan ignalar qoplab olgan bo`ladi. Igna jayralarning muhofaza organi hisoblanadi.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling