7-ma’ruza. Mavzu: Sut emizuvchilarning turlari va ularning ahamiyati 7-ma’ruza


Qumsichqonlar (Gerbellidae) oilasi


Download 91.2 Kb.
bet11/13
Sana09.12.2021
Hajmi91.2 Kb.
#179620
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-maruza taqdimoti

Qumsichqonlar (Gerbellidae) oilasi vakillari ancha katta va popuk dumli bo`ladi. Ular, asosan cho`lda yashaydi. Tipik vakiliga katta qumsichqon (Rhombomys opimus) kiradi. Bu tur O`rta Osiyo va Qozog’iston cho`llarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 17-20 sm keladi. Usti malla-sarg’ish, qorin tomoni oqish rangda bo`ladi. To`da bo`lib yashaydi. Qishki uyquga kirmaydi, kunduzi faol bo`ladi.
  • Sichqonlar (Muridae) oilasi vakillari yer yuzida keng tarqalgan. Tana uzunligi 5 sm dan 49 sm gacha boradi. 480 tacha turi bor. MDHda 12-13 ta turi, shu jumladan, O`zbekistonda 5 ta turi uchraydi. Aksariyati yer ostida yashaydi. Ozig’i, asosan o`simliklar, ayrim turlari hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Tez voyaga yetishi va nihoyatda serpushtligi bilan xarakterlanadi. Bu oilaning eng muhim vakillariga uy sichqoni (Mus musculus), o`rmon sichqoni (Apodemus sylvaticus), dala sichqoni (A.agrarius), kulrang kalamush (Rannus norvegicus), Turkiston kalamushi (A.turkestanicus) kiradi. Ular, asosan zararkunandalar hisoblanadi. Sichqonlar iliq iqlimli sharoitda yil bo`yi ko`payadi. 1 tadan 22 tagacha bola tug’adi. 1-3 yil umr ko`radi. Asosan tunda faol. Qishki uyquga ketmaydi. Oddiy uy sichqonining homiladorlik muddati 20 kun, 1 yilda 5 marta bolalaydi va har bolalaganda 4-7 ta bola tug’adi.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling