7-ma’ruza. Mavzu: Sut emizuvchilarning turlari va ularning ahamiyati 7-ma’ruza


Download 91.2 Kb.
bet9/13
Sana09.12.2021
Hajmi91.2 Kb.
#179620
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-maruza taqdimoti

Sonyalar (Gliridae) oilasi vakillari tashqi ko`rinishidan olmaxonga o`xshab ketadi. Asosan Yevropa, O`rta va Janubiy Osiyodagi keng bargli o`rmonlarda daraxtda yashaydi. Qishki uyquga kirishi bilan olmaxonlardan farq qiladi. Tipik vakillariga olmaxon-polchok (Glis glis) va o`rmon olmaxoni (Dryomys nitedula) kiradi. Olmaxon-polchokning tana uzunligi 15-20 sm va vazni 150-180 g keladi. U bog’larda yashab, mevali daraxtlarga zarar keltiradi.
  • Qo`shoyoqlar (Dipodidae) oilasiga dasht va sahrolarda yashab tunda hayot kechiradigan talaygina kemruvchilar kiradi. Oldingi oyoqlari kalta, keyingi oyoqlari uzun va kuchli. Dumi uzun va uchi po`pakli. Orqa oyoqlari bilan juda tez sakrab harakat qiladi. Qishki uyquga ketadi. Ayrim turlari poliz va texnik ekinlariga zarar yetkazadi. Qo`shoyoqlar Afrika va Osiyoning dasht va cho`llarida tarqalgan. Dunyoda qo`shoyoqlar oilasiga 27-30 ta tur kiradi. MDHda 17 ta turi, shu jumladan, O`zbekistonning cho`l va sahrolarida 13 ta turi uchraydi. Tipik vakillariga katta qo`shoyoq (Allactaga major), kichik qo`shoyoq (A.elater), taroq barmoqli qo`shoyoq (Paradipus ctenodactylus) va boshqalar kiradi. Bir yilda 1 yoki 2 marta tug’adi, 2 tadan 8 tagacha bolalaydi.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling