7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja


Download 352.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.02.2023
Hajmi352.48 Kb.
#1182741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OOIMvaA 7-ma\'ruza

chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog’lanishni
o‘zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O’lchash o‘zgartkichlari o’lchash asboblarining,
turli o’lchash tizimlarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish 
tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O’lchanayotgan kattalik berilgan o’lchash
o‘zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o’lchash o‘zgartkichlari,
ko‘pincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan fizik kattalik ta’siridagi 
qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara,
manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. O’lchash asboblari
va o‘zgartkichlari o’lchanayotgan kattalikning turiga qarab, tegishli nomlarga ega
bo’ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o’lchagichlar, sath
o’lchagichlar, gaz analizatorlari, konsentratomerlar, nam o’lchagichlar va hokazo. 
Ayrim o’lchash vositalari va o’lchash tizimlaridan tashqari, murakkab axborot-
o’lchash tizimlari ham qo’llanadi. Ular ko‘plab texnologik uskunalarda avtomatik
o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay (o‘lchash kanallari soni ming - 


minglab bo’lishi mumkin), balki o’lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha
zarur qayta ishlashni ham bajaradi.
Shu munosabat bilan o’lchash o‘zgartkichlarining axborot-hisoblash mashinalari
va qurilmalari kirishiga keladigan signallarini unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish)
zarurati tug‘iladi. Signallarni unifikatsiyalashtirish o’lchash asboblari turlarini
minimumga keltirish imkonini beradi. 
O’lchash vositalari o’lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ishchi,
namunaviy va etalon o’lchash asboblariga bo’linadi. Ishchi o’lchash asboblari xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o’lchashlar uchun mo’ljallangan. Ular
aniqligi orttirilgan o’lchash asboblariga va texnik o’lchash asboblariga bo’linadi. 
Namunaviy o’lchash asboblari ishchi o’lchash asboblarini tekshirish va ularni
o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. 
Etalon asboblar fizik kattalik birikmalarini qayta tiklash va saqlash, ularning
o’lchamlarini namunaviy o’lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo’llanadigan
ishchi o’lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari
o’lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o’lchash asboblari yordamida boshqa
o’lchash asboblariga o‘tkaziladi. 
O’lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning
ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o’lchash vositalarining ko‘rsatishlarini
namunaviy o’lchash asboblarining ko‘rsatishlariga solishtirish taqqoslash deb ataladi. 
Shkala bo’linmalariga asbobni tekshirish uchun qabul qilingan o’lchov 
birliklarida ifodalangan qiymatlar berish amali darajalash deb ataladi.O’lchash
vositalari yordamida o’lchanayotgan fizik kattaliklar o’lchash axboroti signali
foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi. 
Fizik kattalikni o’lchashda o’lchash qurilmasi (asbobi) ko‘rsatkichni fizik
kattalikka mutanosib ravishda siljitadi: 
(1.4) 
bu yerda,

-asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi,
f
-o’lchanayotgan
fizik kattalik. 
(1.4) bog’lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi. 
Har qanday o’lchash asbobining ishlashi natijasida ko‘rsatkichning siljishi o’lchanadigan
kattalikni qiymatiga moslab o‘zgartiriladi. Shu sababli o’lchash asbobini sxematik
ravishda, o’lchanayotgan fizik kattalik Вni ko‘rsatkichning mexanik siljish miqdoriga
o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin.Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab,
asbobni bo‘g‘inlarga bo’lish mumkin, bu bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida В 
miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu bo‘g‘inlar majmuasi o’lchanayotgan
kattalikning talab etilgan o‘zgarishini ko‘rsatkichning siljishi 

ga o ‘zgartiradi. 


Istalgan o‘lchash asbobining strukturaviy sxemasi, uning ishlash prinsipidan qat’iy 
nazar, ketma-ket ulangan o’lchash bo‘g‘inlari О’b1, O’b2,O’b3, ..... ,Obn (1.2-rasm)
qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishimumkin. Birinchi bo‘g‘in O’b1 uchun
kirish qiymati bo’lib В kattalik xizmat qiladi. Har bir bo‘g‘inning chiqish qiymati
keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo’lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘bn, bo‘g‘inning
chiqish qiymati ko‘rsatkichning
siljishini anglatadi. 
Umumiy holda o’lchash vositalarining strukturaviy sxemasini qurish prinsipiga
qarab, ikki guruhga bo’lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o’lchash sxemasi va
signali moslashtiriladigan o’lchash sxemalari. To‘g‘rio‘zgartirish prinsipi bo‘yicha
o’lchash vositalarida o’lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning
o’lchash zanjiri qismidan iborat bo’lg an sezgir elementga keladi. O’lchash zanjirida,
odatda, o’lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr tok kuchi yoki
kuchlanishi, siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish
bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga 
uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanashqurilmasi
qolishi mumkin. To‘g‘ri, o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, yetarli tezkorlikka
ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarni
o’lchashda foydalanib bo’lmaydi. Differensial o‘zgartkichlar va ular bilan o’lchash
sxemalari to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir. 
Signalni muvozanatlashtiradigan o’lchash sxemalari strukturasi 1.3-rasmda 
keltirilgan. O’lchanayotgan kattalik X dastlabki o‘zgartkich DO ga yoki uning sezgir
elementi SE ga keladi va Rx signalga aylantiriladi, bu signal kompensatsiya qurilmasi

Download 352.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling