7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari.
Reja:
1. O’lchash. Bevosita va bilvosita o’lchash usullari.
2. O’lchov asboblari xatoliklari, sezgirligi va variastiyasi to’g’risida.
3. O’lchov asboblari xatoligi. O’lchov
asboblarining absolyut, nisbiy va keltirilgan
nisbiy xatoliklari.
4. Variastiya va keltirilgan variastiya to’g’risida tushuncha.
5. O’lchov asboblarining aniqlik sinfi.
6. Asosiy va qo’shimcha xatoliklar.
O’lchash. Bevosita va bilvosita o’lchash usullari.
Metrologiya o’lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan
aniqlikka erishish yo’llarini o’rgatadi. Metrologiyaning asosini o’lchashning
umumiy
masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi ma’lumotlar,
o’lchashning usul va vositalari, o’lchash natijasining to‘g‘riligini aniqlash usullari va
hokazolar hosil qiladi. O’lchashga
doir fizik kattaliklar mexanik, elektr, issiqlik,
optik, akustik bo’lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik jarayon
rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo’lsa, boshqalari shu
jarayon bilan funksional
boglangan bo’ladi. Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli
fizik kattaliklarni o’lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog’liq. Ma’lumot qanchato’la
va xolisona bo’lisa, fizik hodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchachuqur
bo’ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik
jarayonning rivojlanishi
haqidagi ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblarorqali ifodalangan
texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni ma’lumot, ya’ni informatsiya deb
bilamiz.
Informatsiyalar, asosan, o’lchashasboblari va qurilmalari yordamida olinadi.
O’lchash - fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida
aniqlash.
Ko‘p hollarda o’lchash jarayonida o’lchanayotgan kattalik shunday fizik kattalik
bilan
taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo’lgan qiymat berilib, buuning
fizik kattalik