7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja
Download 352.48 Kb. Pdf ko'rish
|
OOIMvaA 7-ma\'ruza
Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi o’lchash o'zgartkichi ishining birinchi bosqichi
bo’lib, unda o’lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi yordamida o’lchanadigan kattalik yoki o ‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o ‘zgartkichga yoki o’lchash asbobiga uzatilishi mumkin. Oraliq o’lchash o‘zgartkichi – o’lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan keyingi o‘rinni egallagan ol’chash o‘zgartkichi bo’lib, o’lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo’ljallangan o‘zgartkichdir. Uzatuvchi o’lchash o‘zgartkichi - o’lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo’ljallangan o‘zgartkichdir. Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi kattalikni berilgan marta o’lchash uchun mo’ljallangan o‘zgartkich. Istagan vazifani bajaruvchi o’lchash o‘zgartkichi o’lchash asbobi bilankonstruktiv birlashtirilgan bo’lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O’lchash obyektiga o‘rnatilgan va o’lchamlari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o’lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan. Chiqish signalining turiga qarab, birxillashtirilgan, tabiiy yoki diskret (kontaktli) signallar farq qilinadi. Chiqish signallari birxillashtirilgan o’lchash o‘zgartkichlari chiqishda o’lchanayotgan fizik kattalikning turiga bog’liq bo’lmagan holda maxsus qurilmalar yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat andozalarida ko‘zda tutilgan). Chiqish signallari tabiiy bo‘lgan o’lchash o‘zgartkichlari shunday qurilmalarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiyyo’l bilan shakllanadi, ya’ni p o’lchanaotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va samarali yo’l qo’llaniladi. O’lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga qaramay, tabiiy chiqish signallarining turlari, odatda, o‘nta bilan chegaralanadi: siljish, burilish burchagi, kuchlanishi, vaqt oraligi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks qarshilik, elektr sigim, chastota (takroriylik). Ba’zi hollarda tabiiy signalli o’lchash o'zgartkichlarining asosan lokal nazorat qurilmalarida va uncha murakkab bo’lmagan ob’yektlarni avtomatlashtirishda qo’llanishi iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Tabiiy signallarni birxillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus me’yorlovchi o‘zgartkichlar ko‘zda tutilgan. Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o‘zgartkichlar) chiqishda o’lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini o’lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo’llanadi. O’lchash qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari hisoblanadi. O’lchash o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa (o’lichash obyektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o’lchash axborotini uzatish mumkin bo’lmaydi. Buni hisobga olib, barcha birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga bo’linadi: Download 352.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling