7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja
Download 352.48 Kb. Pdf ko'rish
|
OOIMvaA 7-ma\'ruza
chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog’lanishni
o‘zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O’lchash o‘zgartkichlari o’lchash asboblarining, turli o’lchash tizimlarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O’lchanayotgan kattalik berilgan o’lchash o‘zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o’lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan fizik kattalik ta’siridagi qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. O’lchash asboblari va o‘zgartkichlari o’lchanayotgan kattalikning turiga qarab, tegishli nomlarga ega bo’ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o’lchagichlar, sath o’lchagichlar, gaz analizatorlari, konsentratomerlar, nam o’lchagichlar va hokazo. Ayrim o’lchash vositalari va o’lchash tizimlaridan tashqari, murakkab axborot- o’lchash tizimlari ham qo’llanadi. Ular ko‘plab texnologik uskunalarda avtomatik o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay (o‘lchash kanallari soni ming - minglab bo’lishi mumkin), balki o’lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o’lchash o‘zgartkichlarining axborot-hisoblash mashinalari va qurilmalari kirishiga keladigan signallarini unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish) zarurati tug‘iladi. Signallarni unifikatsiyalashtirish o’lchash asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi. O’lchash vositalari o’lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ishchi, namunaviy va etalon o’lchash asboblariga bo’linadi. Ishchi o’lchash asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o’lchashlar uchun mo’ljallangan. Ular aniqligi orttirilgan o’lchash asboblariga va texnik o’lchash asboblariga bo’linadi. Namunaviy o’lchash asboblari ishchi o’lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalon asboblar fizik kattalik birikmalarini qayta tiklash va saqlash, ularning o’lchamlarini namunaviy o’lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo’llanadigan ishchi o’lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o’lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o’lchash asboblari yordamida boshqa o’lchash asboblariga o‘tkaziladi. O’lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o’lchash vositalarining ko‘rsatishlarini namunaviy o’lchash asboblarining ko‘rsatishlariga solishtirish taqqoslash deb ataladi. Shkala bo’linmalariga asbobni tekshirish uchun qabul qilingan o’lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berish amali darajalash deb ataladi.O’lchash vositalari yordamida o’lchanayotgan fizik kattaliklar o’lchash axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi. Fizik kattalikni o’lchashda o’lchash qurilmasi (asbobi) ko‘rsatkichni fizik kattalikka mutanosib ravishda siljitadi: (1.4) bu yerda, ᵩ -asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, f -o’lchanayotgan fizik kattalik. (1.4) bog’lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi. Har qanday o’lchash asbobining ishlashi natijasida ko‘rsatkichning siljishi o’lchanadigan kattalikni qiymatiga moslab o‘zgartiriladi. Shu sababli o’lchash asbobini sxematik ravishda, o’lchanayotgan fizik kattalik Вni ko‘rsatkichning mexanik siljish miqdoriga o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin.Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab, asbobni bo‘g‘inlarga bo’lish mumkin, bu bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida В miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu bo‘g‘inlar majmuasi o’lchanayotgan kattalikning talab etilgan o‘zgarishini ko‘rsatkichning siljishi ᵩ ga o ‘zgartiradi. Istalgan o‘lchash asbobining strukturaviy sxemasi, uning ishlash prinsipidan qat’iy nazar, ketma-ket ulangan o’lchash bo‘g‘inlari О’b1, O’b2,O’b3, ..... ,Obn (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishimumkin. Birinchi bo‘g‘in O’b1 uchun kirish qiymati bo’lib В kattalik xizmat qiladi. Har bir bo‘g‘inning chiqish qiymati keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo’lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘bn, bo‘g‘inning chiqish qiymati ko‘rsatkichning siljishini anglatadi. Umumiy holda o’lchash vositalarining strukturaviy sxemasini qurish prinsipiga qarab, ikki guruhga bo’lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o’lchash sxemasi va signali moslashtiriladigan o’lchash sxemalari. To‘g‘rio‘zgartirish prinsipi bo‘yicha o’lchash vositalarida o’lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning o’lchash zanjiri qismidan iborat bo’lg an sezgir elementga keladi. O’lchash zanjirida, odatda, o’lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr tok kuchi yoki kuchlanishi, siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanashqurilmasi qolishi mumkin. To‘g‘ri, o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, yetarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarni o’lchashda foydalanib bo’lmaydi. Differensial o‘zgartkichlar va ular bilan o’lchash sxemalari to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir. Signalni muvozanatlashtiradigan o’lchash sxemalari strukturasi 1.3-rasmda keltirilgan. O’lchanayotgan kattalik X dastlabki o‘zgartkich DO ga yoki uning sezgir elementi SE ga keladi va Rx signalga aylantiriladi, bu signal kompensatsiya qurilmasi Download 352.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling