7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja


O’lchov asboblari xatoliklari, sezgirligi va variastiyasi to’g’risida


Download 352.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana09.02.2023
Hajmi352.48 Kb.
#1182741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OOIMvaA 7-ma\'ruza

O’lchov asboblari xatoliklari, sezgirligi va variastiyasi to’g’risida. 
Texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha
ifodalash mumkin: ,Nima, qanday qilib va nima bilan o ‘lchanadi?“. Shuning uchun,
bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o’lchash usullari va o’lchashlarning eng keng
tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o’lchash o‘zgartkichlari va o’lchash asboblari
qarab chiqiladi. 


O’lchash o‘zgartirishi - bitta fizik kattalik o’lchamini boshqa fizik kattalik 
o’lchamiga o‘zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida 
p
bosimni deformatsion 
manometr yordamida o’lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta’sirida naysimon prujina
buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o ‘zgartirishning birinchi bosqichi:
Naysimon prujina uchining siljishi o ‘qning burilish burchagiga o ‘zgaradi:
bu o ‘zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O‘qda strelka mavjud bo’lib,
uning uchi bo’linmali shkala bo‘yicha siljiydi — bu o‘zgartirishning uchinchi
bosqichidir 
u o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon
beradi. Umumiy holda hamma o ‘zgartirishlarni quyidagicha yozish mumkin: 
O’lchash o‘zgartkichi – o’lchashlar vositasi sifatida o’lchash o‘zgartirishi 
ni 
amalga oshirishga imkon beradi. Kattalikning ketma-ket o‘zgartirishlarqatoridan bittasi 
yuz beradigan o‘lchash vositalari elementi o‘zgartirish elementi deb ataladi. O‘zgartirish
elementi har doim ham konstruktiv ajralib turmaydi, ya’ni o‘lchash vositasi
tuzilishining ayni bitta elementi ikki va undan ortiq o‘zgartirish elementiga ega 
bo’lishi mumkin. 
O’lchash axboroti signali, hamma o‘zgarishlarning amalga oshishini ta’minlovchi
o‘zgartirish elementlari to‘plami o‘lchash vositasining o‘lchash maqsadi deyiladi.
O’lchash zanjirida bevosita o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida bo‘lgan birinchi
o‘zgartirish elementining qismi  sezgir element deyiladi.
Sezgir elementning o‘lchash vositasini aniqlashda e’tiborli bo‘lish va uni 
himoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura o‘lchanayotgan
kattalikka bevosita tegib turadi. ,,o‘lchash o‘zgartirishi“ tushunchasi ,,o‘lchash
o‘zgartkichi“ tushunchasiga qaraganda ancha keng ma’noga ega, chunki ayni bir
o‘lchash o‘zgartirishi o‘lchash o’zgartkichlarning ish (ta’sir) prinsipi turlicha bo’lgan
ketma-ketlik bilan bajarilishi mumkin. 1.1-rasmda ayni bir xil harorat o’lchash
o‘zgartirishini mexanik D/siljishga o‘zgartiradigan turli o‘zgartkichlarga misollar
keltirilgan. Birinchi holda bu simob ustunining harorat ko‘tarilishi natijasida
kengayishidagi siljishi bo’lsa, ikkinchi holda - qatlamlari turlicha bo’ligan harorat
kengayish koeffitsiyentiga ega bo’lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda 
harorat o’lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo’lg an sezgir element bilan
bog’liq asbob ko‘rsatkichining (strelkasining) siljishi. Shunday qilib, o’lchash
o‘zgartirishining ko‘rsatmasi nimani nimaga aylantirish kerak, degan savolgagina javob


beradi, aniq o’lchash o‘zgartkichlarining ko‘rsatishi esa buni tabiatan qanday bajarish
mumkin degan savolga javob beradi. Aslida o’lchash o‘zgartkichi bir xususiy o’lchash
o‘zgartirishini bajaruvchi ma’lum amaliy prinsipda yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi. 
O’lchash o‘zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri-o‘zgartirish koeffitsiyenti
bo’lib,u o’lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi o’zgartkichning chiqishidagi signalning
o ‘zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifodalaydi. 
Funksional vazifasiga ko‘ra, o’ichash o‘zgartkichlarini quyidagi turlarga ajratish
qabul qilingan: birlamchi, oraliq, masshtabli, uzatuvchi va boshqalar. 

Download 352.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling