7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja
generatorli va parametrik o‘zgartkichlar
Download 352.48 Kb. Pdf ko'rish
|
OOIMvaA 7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parametrik o‘zgartkichlar
- O’lchash
- O’lchov rezistori
generatorli va parametrik o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar- shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, termopara haroratni termo EYKga aylantirib, energiyanifaqat o’lchash obyektidangina oladi. Shunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo’ladii. Parametrik o‘zgartkichlar- shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo’lmaydi. Xususan, agar obyektda qarshiligi haroratga bog’liq bo’lgan termorezistor o‘rnatilgan bo’lsa, u holda axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. Tokning o‘zgarishi o’lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo’ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog’iq bo’lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir. Funksional vazifasi o’lchash vositalari o’lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli qiymatlariga hamda o’lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalarga ega bo’ladi. O’lchash vositalarining asosiy turlariga o’lchov, o’lchash asboblari, o’lchash o‘zgartkichlari va o’lchash qurilmalari kiradi. O‘lchov - berilgan o’lchamdagi fizik kattalikni qayta o’lchash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh- massa o’lchovi; O’lchov rezistori- elektr qarshilik o’lchovi; yoritish lampasi - yorugiik o’lchovi va hokazo. Bir xil o’lchamli turli fizik kattalikni qayta o’lchaydigan bir qiymatli hamda turli o’lchamdagi bir nomli qator kattaliklarniqayta o’lchaydigan ko‘p qiymatli o’lchovlar bor. Ko‘p qiymatli o’lchovlarga bo’llinmali chizgichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo’la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o’lchamli bir nomli qator kattaliklarni qayta o’lchash maqsadida qo’llaniladigan o’lchovlar komplekti o’lchovlar to‘plamini tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar to‘plami, uchlikli uzunlik o’chovlari to‘plami, o’lchov kondensatorlari to‘plami va hokazo. O’lchovlar magazini - sanoq qurilmalari bilan bo’glangan maxsus qayta ulagichlarga ega bo’lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o’lchovlar to‘plami. O’lchovlar magazini elektrotexnikada keng qo’llaniladi: qarshilik magazini, sig’imlar magazini, induktivliklar magazini. O’lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi. Download 352.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling