7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja


Download 352.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana09.02.2023
Hajmi352.48 Kb.
#1182741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OOIMvaA 7-ma\'ruza

Standart namuna — modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini 
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o’lchov. Masalan, 
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining
standart namunasi. 


Namuna modda — tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan, tayyorlash 
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan, ma’lum xossalarga ega bo’lgan moddadan 
iborat o’lov. Masalan, ,,toza“ gazlar, ,,toza“ metallar, ,,toza“ suv. 
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov axboroti signalini
ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi о‘lchash asbobi deyiladi. O’lchash asbobida
kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O’lchash
asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Analogo‘lchash asboblarida asbobning
ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat
bo’ladi, raqamli o‘lchash asboblaridaesa ko‘rsatishlar o‘lchash axboroti signalini
diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo’ladi. 
Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llanila boshlandi,
chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay.
Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka
erishishga imkon beradi. Shu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda o‘qish
xatoligi bo’lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda anchagina
sodda va arzondir. 
O’lchash asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi
va jamlovchi asboblarga bo’linadi. Ko‘rsatuvchi asboblardaraqamli qiymatlar shkala
yoki raqamli tablodan o'qiladi. Qayd qiluvchiasboblarda ko‘rsatuvlarni diagramma
qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinatsiyalangan
asboblar o’lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi.
Integrallovchi asboblarda o’lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli
o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar
bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattalikning yigindisi bilan funksional
bog’langan bo’ladi. 
O’lchashga doir axborotni uzatish, o’zgartish, ishlov berish va saqlash uchun
qulay bo’lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo’lmaydigan
shakldagi signalni ishlab chiquvchi o’lchash vositasi o’lchash o‘zgartkichi deb ataladi.
Inson o‘zining sezgi organlari bilan o’lchash o‘zgartkichi signallarini qabul qila
olmaydi. O’zgartiriladigan fizik kattalik- kirish kattaligi, uning o‘zgartirilgani esa

Download 352.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling