7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )
Dona son va numerativ soʻzlar
Download 135 Kb.
|
6-7-maruza.
Dona son va numerativ soʻzlar
Dona sonning morfologik yoʻl bilan ifodalanishi eski oʻzbek tiliga xos boʻlmagan. Eski oʻzbek tilida -ta/-tä affiksi bilan dona son yasalishi asosan bir soni bilan chegaralangan. Bu ham yodgorliklarning ayrimlarida sanoqli oʻrinlardagina uchraydi. Masalan: Birte yarmaqnı ikki bolub, yarmun achqa bärgänni saxiy dey (Navoiy, MQ). Tiläsä xidmatıdın birtä nār // yüz xushunat qılur erdi āgʻāz (SHN).
Eski oʻzbek tilida ham numerativ soʻzlarning qoʻllanishi asosan aniqlanayotgan narsa yoki hodisaning xususiyatiga bogʻliq boʻlgan. Numerativlar hamda numerativ vazifasida keluvchi soʻzlar va ularning qoʻllanishiga misollar: arshun – on arshun tayaq (Tafsir); qat – ellik qat kѳk (QR); yetti qat yer (XSH); sofra – bir sofra etmäk (QR); batman – tѳrt batman arpa (NF); besh batman et (QR); ratl – tѳrt yüz ratl altun (QR); avuch – bir avuch ushaq tash (Tafsir); bir avuch tupraq (Lutfiy); jam – ikki jam may (Navoiy, FSH); sürük – bir sürük qoy (QR); qarı – ikki-üch yüz qarı yer (Navoiy, FSH); qırq qarı tam (QR); üch -tѳrt qarı yıgʻach (BN); tegirman – bir tegirmān suv (BN); bahra –ikki bahra el (BN); sharʻi – ikki sharʻi yol (BN); kuruh – bir-ikki kuruh yol (BN); parcha – bir parcha yer (BN); pära – bir pāra chaynam et (NF); bir pāra qoy (BN); bir pāra kabāb (BN); yüz pāra sѳz (Munis); argʻamchı — bir argʻamchı baland qıya (BN); yıgʻach – tѳrt yıgʻach yer (QR); on sekiz yıgʻach yol (BN); qatar – üch-tѳrt qatar xachır (BN); evlük – yüz mıŋ evlük kishi (SHN); qism–bir qism tupraq (Sh.tar.); bir qism makkaliklar (Tafsir); ayaq –bir ayaq suv (SH.tar.); bagʻ – bir bagʻ otun (N F); kesäk – bir kesäk tarıgʻ (Tafsir); rufiya – yüz rufıya altun (Tafsir); tabaq —bir tabaq injir (Tafsir); tüp — bir tüp xurma (Tafsir); alti tüp daraxt (Gulxaniy); qulach – qırq qulach yıgʻach (0ʻN); qol – ikki qol altun (Tafsir); suqum – üch suqum ash (QR); tamum – bir tamım suv (Tafsir); qarın – bir qarın ash (XSH); qosh – besh yüz qosh ѳküz (QR); say – yetti yüz say kishi (SHN); nafar – on ikki nafar mudarris (Furqat); qāshıq – bir qāshıq qābım (Furqat); chārak – qırq chārak gurınch (Muqimiy); dāna – bir dāna ālmas (Furqat). Odatda numerativ soʻzlarning ayrimlari predmetlargagina nisbatan, ayrimlari jonivorlargagina nisbatan qoʻllanadi. Ayrim hollarda bu tartibning buzilish hollari ham uchraydi. Masalan: tѳrt yüz bash kishi (Tafsir), üch mıŋ bash kishi (QR), Bu misollarda bash, pāra soʻzlari kishilarga (shaxsga) nisbatan numerativ vazifasida kelgan.
Chama son maʻnosi eski oʻzbek tilida sanoq songa -cha/-chä affiksini qoʻshish yoʻli bilan ifodalangan: On besh – yigirmichä kishi terilib yalavach yanını yergä tegürmädilär (Tafsir). Misollardagi yigirmichä//yigirmächä, ikki yüzchä, ellikchä, besh mıŋcha soʻzlari chama son oʻrnida qoʻllangan boʻlib, hozirgi oʻzbek tilidagi “yigirmatacha”, “ikki yuztacha”, “elliktacha”, “besh mingtacha” maʻnosini bildiradi. Chama son maʻnosi chagʻlı (chagʻlıq//chagʻlıgʻ) soʻzi yordamida ham ifodalanadi. Lekin chama son maʻnosining bunday ifodalanishi ayrim manbalar-dagina uchraydi: Bardı anıŋ birlä mıŋ chagʻlı kishi (SHN). Yigirmä-ottuz chagʻlıgʻ kishi (FI). Ikkita sanoq sonning juft soʻz shaklida kelish yoʻli bilan ham chama son maʻnosi ifodalanadi. Bunda odatda kichik son oldin, katta son keyin keladi: üch-tѳrt, on-on besh kabi. Eski oʻzbek tilida chama son maʻnosini ifodalashda bu usuldan ancha keng foydalanilgan: Dedi: besh-on mubāriz sekritib at // meniŋ alımgʻa anı keltürüŋ bāt (Navoiy, FSH). Taqsim son Taqsim son maʻnosi eski oʻzbek tilida quyidagi usullar bilan ifodalangan: 1. Sanoq sonlarga -ar/-är (unlidan keyin: -shar/-sher, -rar/-rär) affiksi qoʻshiladi: birär (bittadan), ikkishär // ikkirer (ikkitadan), üchär (uchtadan), tѳrär (toʻrttadan), beshär (beshtadan), altıshar // altırar (oltitadan), yettishär (yettitadan), onar (oʻntadan), yüzär (yuztadan), mıŋar (mingtadan) kabi. Bu shakl taqsim son ifodalanishining qadimgi usuli boʻlib, XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklar tili uchun ham xos boʻlgan. Keyingi davrlarda esa uning qoʻllanishi chegaralangan boʻlib, ayrim manbalardagina uchraydi. Masalan: Tekmä biri ikkishär ogʻulgʻa yüklüg boldılar (QR). Taqı üchär juftlanıŋ taqi tѳrtär juftlanıŋ (NF). Saq sohnda altırar yüz erdi (QR). -ar/-är affiksi bilan yasalgan taqsim son takrorlanib juft soʻz shaklida qoʻllanishi ham mumkin: Bu tariqa onar-onar tevä turgʻuzuŋ (QR). 2. Sanoq sonlarga -ın/-in (-un / -ün) affiksini qoʻshish yoʻli bilan ham taqsim son shakli hosil boʻladi. Bu affiksni qabul qilgan sonlar koʻpincha takrorlanib juft soʻz shaklida qoʻllanadi: birin-birin (bitta-bittadan), birin-ikkin (bitta-ikkitadan). Masalan: Birinbirin bu tayaq iiskiina baкıŋlar (Tafsir). 3. Sanoq sonning hech qanday qoʻshimchasiz takrorlanib juft soʻz shaklida kelishi bilan ham taqsim son maʻnosi ifodalanadi. Masalan: Yıgʻachnıŋ yuqaru üchündın tübingä ikki-ikki yardılar (QR,).
Eski oʻzbek tilida ham kasr son sintaktik usul bilan ifodalangan boʻlib, oldin butun son chiqish kelishigida, soʻng kasrni ifodalovchi son keladi: Ul beshdin biri anıŋ yeriŋä yetmish bolgʻay (QR). Butunning boʻlagini, ulushini koʻrsatuvchi yarım soʻzi ham kasr son maʻnosini ifodalaydi: Yarım kündä yürdilär (Tafsir). Yarım mālımıznı aŋa bergäy-miz (QR).
Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling