Иқтисодий-математик моделлаштириш қуйидаги босқичлардан иборатдир: - 1) масаланинг қуйилиши, масаланинг ечишдан асосий мақсад ва мезонини топиш, моделлаштиришда объект тўлиқ тасвирлангин бўлиши, зарурий информациялар топилган ва уларнинг манбалари аниқланган бўлиши керак;
- 2) информация тайёрлаш, яъни ҳисоб, ҳисобот, статик, норматив, справка информациялари ва бошқа берилган қийматларини олиш, уларини олдиндан қайта ишлаш ва баҳолаш;
- 3) математик метод танлаш ва программалаштириш;
- 4) ЭҲМ да ҳисоблаш;
- 5) олинган натижаларни таҳлил қилиш.
Umumiy holda matematik model qurish jarayoni quyidagi algoritm bo‘yicha bajariladi. - 1.Ilmiy tadqiqot obyektini tanlash. Bunda qaralayotgan obyektni modellashtirish zarurligi, dolzarbligi, iqtisodiy samara berishi, modellashtirish imkoniyatlari hisobga olinadi.
- 2. Obyektni o‘rganish. Bu bosqichda obyektning tuzilish konstruksiyasi, texnologik, fizik-ximik jarayonlari o‘rganiladi. Bir qarashda farqi juda kam ko‘rilgan jarayonlar izchillik bilan o‘rganiladi.
- 3. Obyektni tuzilmaviy sxemasini tuzish. Bunda o‘rganilayotgan obyekt shartli ravishda bo‘g‘inlarga ajratiladi.
- 4. Alohida bo‘g‘inlarning matematik ifodasini tuzish. Bunda jarayon, bo‘g‘inlarga mos keladigan umumiy tenglamalar, tengsizliklar va jadvallar ko‘rinishida yoziladi. Ularni yechish algoritmlari ishlab chiqiladi.
- 5. Bo‘g‘inlar tenglamalarining ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bunda obyektni fizik, ximiyaviy xossalari, sifat ko‘rsatkichlari, geometrik o‘lchamlari aniqlanib ularni o‘lchash yoki hisoblash algoritmlari yoziladi.
- 6. Obyekt tenglamalarini tuzish va tahlil qilish. Bu bosqichda bo‘g‘inlar tenglamalari bir-birlari bilan bog‘lanib, chegaraviy shartlar, boshlang‘ich shartlar, o‘zgaruvchilarning mumkin bo‘lgan o‘zgarish oraliqlarini hisobga olgan holda obyekt modelini qurish algoritmlari ishlab chiqiladi.
- 7. Masalani yechish uslublarini tanlash. Bunda obyektning qanday tabiat qonunlariga bo‘ysunishi, texnik-iqtisodiy imkoniyatlar va qo‘yilgan maqsadni hisobga olib u yoki bu modellashtirish uslubi qo‘llaniladi.
- 8. Modelning aniqligini baholash. Modelning maqsadga erishish bo‘yicha qo‘yilgan talabni qanoatlantiradigan darajada bo‘lishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |