7-мавзу, 5-маъруза, 2-соат
Download 317.19 Kb. Pdf ko'rish
|
7-ma’ruza. ISSIQLIK ALMAShISh NAZARIYaSI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Issiqlik almashish turlari Issiqlik almashish turlari: Issiqlik o‘tkazuvchanlik; Konveksiya; Nurlanish 3.Issiqlik o‘tkazuvchanlik
- 4.Konveksiya
7-ma’ruza. ISSIQLIK ALMAShISh NAZARIYaSI 1.Issiqlik almashish nazariyasining predmeti va vazifalari 2. Issiqlik almashish turlari 3.Issiqlik o‘tkazuvchanlik 4.Konveksiya 5.Nurlanish 6. Issiqlik almashuv apparatlari va ularni hisoblash prinsiplari Tayanch s y z va iboralar Issiqlik almashish; Issiqlik o‘tkazuvchanlik; Konveksiya; Nurlanish. 1.Issiqlik almashish nazariyasining predmeti va vazifalari Termodinamiqaning ikkinchi qonuniga binoan bo‘shliqda issiqlikning o‘z-o‘zidan o‘tish jarayoni haroratning farqi ta’siri ostida o‘tadi va harorati past tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Issiqlik o‘tish qonuniyatlari va bu jarayonning miqdoriy tavsifnomalari issiqlik almashinish nazariyasining tadqiqot qilish predmeti hisoblanadi. Issiqlik hamma moddalarda, toki vakkum orqali ham tarqalishi mumkin. Termodinamik sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashmasa, bunday sistemani issiqlikdan himoya qilingan yoki adiabatik sistema deyiladi. Masalan bunga idishda to‘rgan gazni idishining devori issiqlikni himoya qiladigan material bilan koplanishi misol bo‘la oladi. Tashqi muhit bilan energiya, modda almashmaydigan sistemani yopiq yoki himoya qilingan sistema deyiladi. Texnik termodinamikada o‘zaro issiqlik va ishga aylanadigan sistemalar o‘rganiladi. Odatda ular gazlar va bug‘lardir, bug‘larni ishchi jism deb ataladi. 2. Issiqlik almashish turlari Issiqlik almashish turlari: Issiqlik o‘tkazuvchanlik; Konveksiya; Nurlanish 3.Issiqlik o‘tkazuvchanlik - issiqlikni molekulalar, atomlar, elektronlar va boshqa kichik zarrachalar hisobiga berish. Issiqlik harorat yuqori bo‘lgan soxadan past soxaga ma’lum tezlikda o‘tadi. Issiqlikni o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchalik bilan tana hajmidagi haroratni tarqalishi bilan bog‘liqdir. Berilgan vaqt mobaynida tananing hamma nuqtalaridagi haroratning miqdorlarini hammasi harorat maydoni deb ataladi. Harorat maydoni quyidagi matematik ifoda bilan ifodalanadi. t = f (x; y; z; t) Harorat bitta yoki ikkita fazovyi koordinatalar bo‘yicha juda tez-tez o‘zgarib turadi. Shunga binoan harorat maydoni bir yoki ikkki o‘lchovli bo‘ladi. Agar vaqt o‘tish bilan tananing hamma nuqtalarida harorat o‘zgarmasa, statsionar harorat maydoni deyiladi, o‘zgarsa statsionar bo‘lmagan harorat maydoni deyiladi. Hamma nuqtalarida bir xil harorat bo‘lgan yuzani izotermik yuza deyiladi. Izotermik yuzaga tik bo‘lib, haroratni ortib borishi tomoniga yo‘nalgan, son jihatidan shu yo‘nalishdagi haroratning hosilasiga teng bo‘lgan vektor harorat gradienti hisoblanadi. Fure qonuniga asosan issiqlik oqimi zichligining vektori harorat gradientiga proporsionaldir. q = - l gradt 4.Konveksiya - moddaning makroskopik hajmi bilan birgalikda, ya’ni konvektiv issiqlik berish (masalan trubalar orqali issiq suvni uzatish). Issiqlik issiq suyuqliklar orqali yuzaga yoki aksincha beriladi. Issiqlik berish uchun ishlatiladigan harakatlantiruvchi muhit (masalan suv ikkinchi usulda) issiqlikni eltuvchi deyiladi. 5.Nurlanish- issiqlikni nurlanish orqali berish. Issiqlik hamma tiniq nur muhitlarida beriladi, shu jumladan vakummda ham. Ko‘p paytlarda issiqlikni bir vaqtni o‘zida har xil usullari bilan berish amalga oshiriladi. Buni murakkab issiqlik almashinish deyiladi. Download 317.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling