7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi


Download 30.89 Kb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda, qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Ustav fondida O‘zbekiston Respublikasi ulushi bo‘lgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilinganda, arizada korxona ustav fondidagi davlat ulushi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari, arizaga korxonaning ustav fondida davlat ulushi borligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
Davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organlarni qarzdorning majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga egadirlar. Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur organlar qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga faqat majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan murojaat qilishi mumkin va qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etish huquqiga ega emas.
Boshqa subyektlardan farqli ravishda, davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organlar tomonidan ariza berilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirib olish uchun choralar ko‘rilganligi bo‘yicha dalillar arizaga ilova qilinishi zarur.
Bunday hujjat sifatida arizaga, hisobida mablag‘ yo‘qligi tufayli bajarilmaganlik haqida belgi bilan bank idorasiga taqdim etilgan, yuridik shaxsdan boqimanda qarzlarni so‘zsiz ravishda hisobdan chiqaruvchi to‘lov talabnomasi (inkassa topshirig‘i) ilova qilinadi. Qarzdorning mulki hisoblangan, arizada boqimandani undirish uchun undirishni esa qarzdor mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarori ilova qilinadi.
Undirish qarzdorning mulkiga qaratilib, ammo boqimandani undirish imkoniyati bo‘lmagan holda, arizaga mulkning yo‘qligi tufayli bajarilmaganligi to‘g‘risida sud ijrochisining belgisi qo‘yilgan ijro varaqasi ilova qilinadi.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling