7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Download 30.89 Kb.
bet9/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Prokurorning arizasi
Prokurorning o‘z vakolatlari doirasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi kreditorning arizasiga qo‘yilgan talablarga rioya qilingan holda iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
Prokuror tomonidan qonunlar ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda yoki jinoiy ishlarni tergov jarayonida yoxud boshqa dastlabki tergov organlaridagi tekshiruvlarni nazorat qilishda yoki sudda prokuror vakolatini amalga oshirishda prokuror tomonidan bankrotlikni yashirish alomatlari aniqlanishi mumkin.
“Bankrotlikni yashirish” tushunchasiga ta’rif amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 181-moddasida keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatish yo‘li bilan iqtisodiy jihatdan o‘zining to‘lovga qodirligini yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi tushuniladi.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun prokuror sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Kreditorlar manfaatlarini himoya qiluvchi bunday ariza bilan prokurorning murojaat qilishi uchun asos bo‘lib, kreditorning prokuratura organlariga birlamchi murojaatlari hisoblanadi. 
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi; 2) arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili; 3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili; 4) qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati; 5) kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati; 6) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishni to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, shuningdek kreditorda iltimosnomalar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatilishi mumkin.
Kreditor arizasidagi boshqa ma’lumotlar sifatida kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan va pul majburiyatini keltirib chiqargan shartnomalar va hokazolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilishi mumkin.
Arizaning umumiy matnida kreditorning ekspertiza tayinlash, kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish va hokazolar to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rsatilishi mumkin.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: a) belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojining to‘langanligini; b) ariza nusxasining qarzdorga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini; d) qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarining mavjudligini, bu majburiyatlar summasini; e) kreditor arizasi asoslangan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar bo‘yicha qarzlarning mavjudligi va ularning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar hisobvaraq fakturalar, tovar-transport yuk xatlari va boshqa hujjatlar hisoblanadi.
Kreditorning arizasiga agar bor bo‘lsa, quyidagilar ham ilova qilinadi: 1) kreditorning qarzdorga bo‘lgan talablarini ko‘rib chiqqan sud qarori; 2) ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling