7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Download 30.89 Kb.
|
7-мавзу.маъруза
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi: 1) qarzdor; 2) sud boshqaruvchisi; 3) kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran; 4) bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi; 5) bankrotlik to‘g‘risidagi ish prokurorning arizasi asosida ko‘rilayotgan hollarda, prokuror. Qonunda nazarda tutilgan hollarda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda qarzdorning xodimlari vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan e’tiboran bankrotlik to‘g‘risidagi ishning ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, iqtisodiy subyektlarining bankrot (iqtisodiy nochor) bo‘lganida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning huquqiy tartibga solish sohasidagi ixtisoslashgan organi hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi o‘z tashabbusi bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atgan hollarda, shuningdek qarzdorga nisbatan ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan hollarda, bu ish uning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan-qo‘zg‘atilmaganligidan qat’i nazar, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida tan olinadi. Prokuror qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza bergan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘ladi. IPKning 49-moddasiga binoan prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli, biroq ushbu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerak, mazkur modda normasiga ko‘ra prokuror bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha faqat uning arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilganidagina ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Boshqa shaxslar sifatida sud tomonidan qo‘llangan bankrotlik taomillari jarayonida qarzdorning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lashni o‘z zimmasiga olgan uchinchi shaxslar, shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi va (yoki) tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, xo‘jalik boshqaruvi organi ishtirok etishi mumkin, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qishloq xo‘jalik korxonasining bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ham ishtirok etuvchi shaxs sifatida qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, bank, sug‘urtalovchi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisining bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchilar to‘g‘risida alohida xususiyatlar nazarda tutilgan. Download 30.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling