7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Download 30.89 Kb.
bet3/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Tashqi boshqaruv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomili. Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Tashqi boshqaruv, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi. Bunda sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz olti oydan oshmasligi lozim. Tashqi boshqaruvning maqsadi ham qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash, ham kreditorlar talablarini qanoatlantirishdir. Bunda yuridik shaxsni boshqarish va uning mulkini tasarruf etish bo‘yicha qarzdor rahbari vakolatlarini majburiy ravishda tashqi boshqaruvchiga beriladi.
Tugatishga doir ish yuritish – iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir. Tugatishga doir ish yuritish kelishuv bitimi tuzilgan holatda yoki kreditorlar talablarining to‘liq qondirilishi, iqtisodiy faoliyatini davom ettirish imkoniyati mavjud bo‘lgan holatda bankrotlik to‘g‘risidagi ish tugatilishi bilan tamomlanishi mumkin, shuningdek qarzdor to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati bo‘lganda tashqi boshqaruvga o‘tishi mumkin.
YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan tugatishga doir ish yuritish taomilini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Kreditorlarning e’tirozlari bo‘lmagan taqdirda sud tomonidan YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qarzni uzish rejasi tasdiqlanishi mumkin. Bu holda kreditorlar talabini qanoatlantirish maqsadida ish yuritish ikki oygacha bo‘lgan muddatda to‘xtatilishi mumkin. Agar mazkur rejani bajarish asosida kreditorlarning barcha talablari qondirilsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatiladi. Shu yo‘l orqali qarzdor o‘zini bankrot deb topish holatidan qutulishi va tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi mumkin. Qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi faqatgina haqiqiy amalga oshirish imkoniyati bo‘lgan qarzlarni uzish rejasi mavjudligiga bog‘liq bo‘lganligi uchun YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs – qarzdor mazkur rejani amalga oshirishi mumkin yoki mumkin emasligini e’tiborga olishi kerak. Qarzlarni to‘lay olmaslik holatida u bankrot deb topiladi va qolgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etiladi, kreditorning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va shu kabi alohida toifadagi majburiyatlar bundan mustasno.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling