7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va majburiyati


Download 30.89 Kb.
bet6/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va majburiyati
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor o‘zini bankrotlik to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga quyidagi holatlarda:
a) qarzdor o‘z qarzlarini majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oylik muddat ichida qoplay olmasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lganda;
b) bunday qarzdorlik miqdori qonunda ko‘rsatilganidan kam bo‘lmasa murojaat qilish huquqiga ega.
Kreditor qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan kreditorning qarzdorga bo‘lgan talablari muddati kelganidan so‘ng uch oylik muddatda qanoatlantirilmasa va bu talablarning miqdori qonunda nazarda tutilgan summadan kam bo‘lmasa qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilinishi mumkin.
Prokuror qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga: a) bankrotlik alomatlarini yashirish holatlari aniqlangan holatlarda; b) kreditor manfaatlarida murojaat qilishi mumkin.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi qarzdorning davlat oldida qarzlari, shu jumladan majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlari bo‘lsa qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yadi deb hisoblashga asoslar bo‘lsa.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi yuqorida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak.
Qayd etish kerakki, ta’sis hujjatlariga binoan tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli organ yoki xususiy korxona rahbari yoxud vakolatli davlat organi tomonidan yuridik shaxslarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror qabul qilinganda, ariza berishning bir oylik muddati bunday qaror qabul qilingan kundan hisoblanishi lozim.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling