7-mavzu: bank kartalari yordamida to'lovlar


Download 4.08 Mb.
bet5/14
Sana28.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1730252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-mavzu

Agar Rossiyani hisobga oladigan bo'lsak, to'lov tizimlari SSSRda 1969 yilda paydo bo'lganligini ta'kidlash mumkin. Mamlakatda to'lov kartalarini to'lov vositasi sifatida qabul qiluvchi korxonalar tarmog'i yaratila boshlandi va bular xorijiy kompaniyalar va banklar tomonidan chiqarilgan kartalar edi. Diners Club bilan birinchi shartnoma 1969 yilda imzolangan. SSSRda American Express kartalari 1974 yilda, VISA va Europay - 1975 yilda, Yaponiya JCB tizimining kartalari - 1976 yilda chiqarila boshlandi. O'sha paytda to'lovlarni tashkil etish valyuta do‘konlari va mehmonxonalardagi plastik kartochkalar bunday operatsiyalarda imzolovchi sifatida ishtirok etgan “Inturist” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.

  • Agar Rossiyani hisobga oladigan bo'lsak, to'lov tizimlari SSSRda 1969 yilda paydo bo'lganligini ta'kidlash mumkin. Mamlakatda to'lov kartalarini to'lov vositasi sifatida qabul qiluvchi korxonalar tarmog'i yaratila boshlandi va bular xorijiy kompaniyalar va banklar tomonidan chiqarilgan kartalar edi. Diners Club bilan birinchi shartnoma 1969 yilda imzolangan. SSSRda American Express kartalari 1974 yilda, VISA va Europay - 1975 yilda, Yaponiya JCB tizimining kartalari - 1976 yilda chiqarila boshlandi. O'sha paytda to'lovlarni tashkil etish valyuta do‘konlari va mehmonxonalardagi plastik kartochkalar bunday operatsiyalarda imzolovchi sifatida ishtirok etgan “Inturist” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
  • Aytib o‘tish kerak, O‘zsanoatqurilishbank 2000 yillar boshida faqat O‘zbekiston hududida ishlatish mumkin bo‘lgan 700 mingga yaqin VISA kartasini muomalaga chiqardi, lekin bu kartalardan chet elda foydalanish imkoniyati yaratilmagani, shu bilan birga mavjud UZCARD tarmog‘ida ham qabul qilinmagani sababli ular aholi uchun jozibador bo‘lmadi va bu yo‘nalish o‘z rivojini topmadi.

Kobeydjing kartalari deyilganda, ikki yoki undan ortiq to‘lov tizimida birdek amal qiladigan kartalarni tushunamiz. Misol uchun, bugungi kunda UZCARD-MIR yoki HUMO-VISA kabi kobeydjing kartalari mavjud bo‘lib, karta yuzida ikkala to‘lov tizimining logotipi ko‘rsatilgan va bu kartalar O‘zbekiston hududida anʼanaviy UZCARD yoki HUMO to‘lov tizimi doirasida, chet elda esa xalqaro MIR yoki VISA to‘lov tizimlari doirasida amal qiladi. Kartaga bitta, so‘mda ifodalangan hisobvaraq biriktiriladi. O‘zbekiston hududida mazkur kartalar bilan hisob-kitoblar milliy valyutamizda va mahalliy to‘lov tizimlarida mavjud tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Mijoz bu karta bilan chet elga chiqqanda esa, aynan shu kartalar endi xalqaro to‘lov tizimlarining qoidalariga ko‘ra ishlay boshlaydi – to‘lov mijoz borgan mamlakatning mahalliy valyutasida amalga oshiriladi, bu to‘lov summasi avtomatik ravishda konvertatsiya qilinib, mijozning so‘mdagi hisobvarag‘idan yechib olinadi.

  • Kobeydjing kartalari deyilganda, ikki yoki undan ortiq to‘lov tizimida birdek amal qiladigan kartalarni tushunamiz. Misol uchun, bugungi kunda UZCARD-MIR yoki HUMO-VISA kabi kobeydjing kartalari mavjud bo‘lib, karta yuzida ikkala to‘lov tizimining logotipi ko‘rsatilgan va bu kartalar O‘zbekiston hududida anʼanaviy UZCARD yoki HUMO to‘lov tizimi doirasida, chet elda esa xalqaro MIR yoki VISA to‘lov tizimlari doirasida amal qiladi. Kartaga bitta, so‘mda ifodalangan hisobvaraq biriktiriladi. O‘zbekiston hududida mazkur kartalar bilan hisob-kitoblar milliy valyutamizda va mahalliy to‘lov tizimlarida mavjud tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Mijoz bu karta bilan chet elga chiqqanda esa, aynan shu kartalar endi xalqaro to‘lov tizimlarining qoidalariga ko‘ra ishlay boshlaydi – to‘lov mijoz borgan mamlakatning mahalliy valyutasida amalga oshiriladi, bu to‘lov summasi avtomatik ravishda konvertatsiya qilinib, mijozning so‘mdagi hisobvarag‘idan yechib olinadi.

Kobeydjing kartalarining bunday afzalligi aynan chet elga boradigan mijozlar uchun qulay. Karta egasi valyutada alohida karta ochib o‘tirmaydi, so‘mda ochilgan kartasidan chet elda ham bemalol foydalanishi mumkin.
Xo‘sh, unda hammaga mana shunday yangicha kartalarni chiqarib berish kerakmi, degan savol qo‘yilsa, bu savolga “yo‘q, unday emas”, deb javob beramiz. Chunki xalqaro to‘lov tizimining logotipi tushirilgan karta mijozga mahalliy kartaga nisbatan qimmatroqqa tushadi. Xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan tijorat banklaridan undiriladigan turli xil komission to‘lovlar, masalan, xalqaro to‘lov tizimlarida har bir karta muomalaga chiqarilgani uchun olinadigan to‘lov (card fee), ishtirokchi banklardan olinadigan to‘lov (interchange fee) va shu kabi yana boshqa ko‘plab to‘lovlar mavjud. Bu komission to‘lovlar, xalqaro to‘lov tizimlariga aʼzolik badallari, yana har kvartalda to‘lab boriladigan to‘lovlar, shuningdek server va aloqa kanallari, sertifikatsiya va boshqa xarajatlar bilan birgalikda bank xizmatlarining tannarxiga bevosita taʼsir qiladi, demakki, kobeydjing kartalari bo‘yicha xizmatlarni qimmatlashtiradi.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling