7-mavzu. Boshqarish usullari Usul
Download 41.38 Kb.
|
7MAVZI
Subsidiya va sanasiya davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi kuchli moliyaviy vositalaridan hisoblanadi.
Subsidiya - bu davlat tomonidai aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’i. Subsidiyalar: iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o’zgartirish); eksport-importni muvozanatlashtirib turish; novatsiya (yangilikni o’zlashtirish) ishlarini yo’lga qo’yish; ayrim hududlarga yordam berish; konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o’tish) maqsadida ajratiladi. Qayd qilingan har serxarajat bo’lganidan subsidiya xarajatlarni butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning moliyaviy yordami bo’lib, byudjetga qaytarib berilmaydi. Subsidiya: jahon bozorida milliy manfaatni himoya qilish; dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to’xtatib turgan firmalarga madad berish; zarur ish bilan shug`ullanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo’llab-quvvatlash; davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi. Xullas, subsidiya iqtisodiyotni tartiblashga, boshqarishga xizmat qiluvchi kuchli iqtisodiy usuldir. Davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishning, tartiblashning yana bir muhim vositasi - bu moliyaviy sanatsiya (sog’lomlashtirish). Sanatsiya - iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta’minlash, hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo’lishiga yo’l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me’yorda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi. Sanatsiyalash quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o’zgalar hisobidan to’lash; qarzni to’lash muddatini kechiktirish; qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik; korxonaga soliqdan yengillik berish; soliqni kreditga aylantirish; korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to’lash; subsidiya ajratish; korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish. Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. Birinchisi - korxonaning milliy yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo’lishi kerak, ikkinchisi - korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o’ziga bog’liq bo’lmagan boshqa ob’ektiv sabablar bo’lishi lozim. Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taqdirdagina unga qo’l uriladi. Yomon ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki bu bozor qoidalariga zid keladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlarning keskin farqlanishi, holining turmush darajasi bo’yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning haddan tashqari boylar va haddan tashqari kambag’allardan iborat qutblarga ajratilishiga yo’l qo’ymaslik uchun davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o’z zimmasiga olishga majbur bo’ladi. Bunday taqsimlash shaxsiy daromadlarni progressiv soliqqa tortish va transfert to’lovlar orqali amalga oshiriladi. Download 41.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling