7-mavzu. Bozor iqtisodiyotga muxolif-sotsialistik yo’nalish mohiyati va uning tarixiy taqdiri


Download 40.82 Kb.
bet8/10
Sana23.10.2023
Hajmi40.82 Kb.
#1717590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7 Mavzu (1)

7.5. K.Marksning iqtisodiy ta’limoti
Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo’lib, unda asosiy iqtisodiy g’oyalari ilgari suriladi (1-jildi1867 ynashr etilgan). Marksning iqtisodiy merosida klassik maktab g’oyalari asosiydir. Bu olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari muammolarning tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baho berib, ishlab chiqarishning burjua munosabatlarining ichki aloqalari o’rganishi ta’kidlanadi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo kapitalizm va shunga muvofiq xo’jalik yuritishning bozor mexanizmi o’tkinchi deb qaraladi.
Bazis va ustqurma to’g’risidagi konsepsiya olim metodologiyasi markaziy o’rinni egallaydi. Unga ko’ra ishlab chiqarish yetakchi hisoblanadi formasiyalar to’g’risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o’tkinchiligi ko’rsatiladi, bunga asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anorxiyasidir. Yangi jamiyat sosializm va kommunizm bo’lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy o’zlashtirish obyekti bo’lmaydi.
Sinflar to’g’risidagi nazariyada sinfiy kurash masalasi asosiydir, bunda kapitalistlar va ishchilar sinfi hisobga olinadi, uchinchi sinf to’g’risida shu narsa aytiladiki,mamlakatning industrlashib borishi tufayli rentaning daromad sifatidagi ahamiyati kamayib boradi.
Kapitalga nisbatan ishchilarni ekspluatasiya qilish va ishchi kuchi ustidan xokimiyat o’rnatish vositasi sifatida qaraladi. Kapitalizmdagi va demak, bozor munosabatidagi qarama-qarshilar kapital bilan bog’lanadi. Undan tashqari kapital tovarni ishchi kuchi bilan birlashtirib, o’sib boruvchi qiymatga aylanadi. Qo’shimcha qiymat bilan kapital o’zaro chambarchas bog’liqligi ko’rsatiladi. Faqat qo’shimcha qiymat yaratuvchi yoki kapitalning o’z-o’zidan o’sishga xizmat qiluvchi ishchigina unumli bo’ladi deb baho beriladi.
Kapitalning organik tuzilishi to’g’risidagi g’oya «yangilik» bo’lib, asosiy va o’zgaruvchi kapitalning nisbati -S/V ga tenlashtiriladi. Bundan ekspluatasiya nomasi (qo’shimcha qiymat normasi)-qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchan kapitalga nisbati sifatida qaraladi (A. Smit va D. Rikardolarda kapital asosiy va aylanma qisimlarga bo’lingan). Bu yerda asosiy kapital (mashina, asbob-uskuna, xomashyo....) qo’shimcha qiymat yaratmaydi.
Kapitalning jamg’arilishi sanoatning markazlashuvi va konsentrasiya bilan bog’lanadi, bu esa ishsizlik (rezerv) kuchayishiga olib keladi, bunday jamg’arilishning absolyut, umumiy qonuni deb ataladi.
K.Marksda qiymatning mehnat nazariyasi to’g’risida to’la ma’lumot beriladi, qiymatning mehnat sariflari bilan o’lchanishi birdan-bir to’g’ri deb qaraladi. Ammo talab va taklifga ko’ra, tovar bahosi qiymatga nisbatan oshishi va kamayishi mumkin. «Ishlab chiqarish bahosi» konsepsiyasi ilgari surilib, qiymatga qiyos qilinadi (xarid bahosi bilan tenglashtiriladi).
Oddiy tovar ishlab chiqarishda (to bozor iqtisodiyoti) va kapitalizmning dastlabki davrida baholar qiymat qonuni bilan tartibga solinar ekan. Rivojlangan kapitalistik iqtisodiyotida esa baho A.Smit bo’yicha tabiiy baho, D.Rikarda bo’yicha ishlab chiqarish bahosi (yoki qiymati), fiziokratlar bo’yicha zaruriy baho deb qaraladi. Uzoq muddat davomida ishlab chiqarish bahosi taklifning zaruriy shartidir.
Marksning bu g’oyasiga Kondratev «mehnat nazariyasining yuqori shakli» deb baho beriladi. Mark Blaug fikricha, marksistlarning qarashalari shunga borib taqaladiki, agar biz qiymatning mehnat nazariyasidan boslamasak, kapitalistlar mehnat jarayonida ishtirok yetmasdan turib, umumiy mahsulotning bir qismini o’zlashtirishni isbotlab bera olmaymiz (ya’ni yespluatasiya manbai yo’qoladi).
Pul nazariyasi Rikardo - Mill g’oyalariga amal qilinadi ammo pulning miqdoriy nazariyasi inkor etiladi. Bunda ma’lum davr davomida savdo oborotlari va pul massasi oborotlari (aylanmasi) doimiy emasligi dalil qilib ko’rsatiladi.
Marksning qo’shimcha qiymat nazariyasi asosiy bo’lib, uning vujudga kelishi quyidagicha «isbotlanadi» (klassik maktab g’oyalari bo’yicha hamma narsa o’z qimmatida sotiladi va shu qimmatda olinadi, ya’ni ortiqcha narsa yuzaga kelmaydi). mehnat aniq miqdoriy o’lchovga ega, ishchi kuchining qimmatini baholash esa - bu katta darajadagi muammodir, hamda fe’l-atvor holati va kolektiv va psixologiya (ruhi) tomonidan aniqlanadi. Shu sababli qo’shimcha qiymatning manbai bo’lib, faqat o’z ishchi kuchini sotayotgan unumli ishchilarning «haqqi to’lanmagan mehnat» hisoblanadi. Bu «zaruriy» va «qo’shimcha» ish vaqtidagi jarayondir. «qo’shimcha vaqt» va «qo’shimcha mehnat» bilan «qo’shimcha daromad» yuzaga keladi.
«Unumli mehnat» to’g’risidagi fiziokratlar (yuqoridagi boblarda berilgan) tomonidan ishlab chiqarilgan. Marks bu g’oyani rivojlantirib shunday qisqacha xulosalar chiqaradi: birinchidan, agar mehnat «mutloq» bo’lmagan shakldagi qo’shimcha qiymatni, ya’ni «nisbiy qo’shimcha qiymatini» yarasa (bu tirikchilik vositalari qiymati (qiymati) arzonlashuviga olib keladi); ikkinchidan, unumli mehnat muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida qo’shimcha qiymat yaratgandagina unumli bo’ladi.

Download 40.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling