7-mavzu. Bozor iqtisodiyotga muxolif-sotsialistik yo’nalish mohiyati va uning tarixiy taqdiri
Download 40.82 Kb.
|
7 Mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug’ milliy hunar ittifoqi
R. Ouyen U Shimoliy Uyelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o’zi mustaqil shug’ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouyen 1800 yildan boshlab Pyu-Lenark (Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo’lgan, o’sha yillarda unda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan islohotchilik g’oyalari shakllanadi. Biroz keyinroq (1820 yildan boshlab) xayoliy sosializmga xos bo’lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e’tiborni qaratadi. R.Ouyenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug’ milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sosialistik loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo’qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga halaqit beradigan uchta to’siq bor deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo’l bilan yoki tinch yo’l bilan quriladi va unga tinch yo’l bilan o’tiladi, deb ishondi. R.Ouyenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sosialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag’batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouyen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sosialistlaridan farq qilib, o’z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbai deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o’rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul hisoblandi.
R.Ouyen qiymatning sun’iy o’lchovi bo’lmish puldan voz kechib, mehnat harajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi. Lekin bu urinishlar behuda bo’lib chiqdi, chunki kapitalistlar o’z korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o’ylamagan bo’lsalar, kasaba uyushmalari sotib olish uchun imkoniyatlari yo’q edi. R.Ouyen birinchilardan bo’lib T.Maltusning «aholi nufusi» qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og’ir ahvolga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi emas, balki mavjud mahsulotlarning adolasiz taqsimlanishi sabab bo’lmoqda, deb ko’rsatadi. R.Ouyen xayoliy sosializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama-qarshi xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda yaratiladi, deb ko’rsatish bilan birga ayni vaqtda ishchilarga e’tiborsiz passiv rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchilik qoniqarsiz tarbiyada deb oqlashga harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va faoliyatida qarama-qarshiliklar bo’lishiga qaramay, uning ayrim tajribalari barbod bo’lgan bo’lsa-da, umuman olganda R.Ouyenning g’oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo’lib, Angliya ishchilar harakati taraqqiyotida katta rol o’ynadi. U o’zining ko’pgina asarlarida jamiyatni to’g’ri tashkil qilish konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb hisoblanadi. Shuningdek R. Ouyenning ishlab chiqarish uyushmalarida ishchi pullarini o’rni modiy boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va umumman xususiy mulkchilikka berilgan baho o’sha davr uchun katta ahamiyatga molik edi. Download 40.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling